Xabaringiz bor, Davlatimiz rahbarining yoshlar bilan individual ishlash tashabbusiga ko‘ra o‘tgan 2023-yilda Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Sh.Sharipovga 44 nafar talaba yoshlar biriktirilgan edi. Universitet rektori va tashkil etilgan ishchi guruh yil davomida ushbu talaba yoshlar va ularning ota-onalari bilan ochiq muloqotlar o‘tkazdi. Har uchrashuvda talaba yoshlarning murojaatlari tinglandi, taklif va fikrlar muhokama qilindi. Har bir uchrashuvdan so‘ng talaba yoshlarning murojaatlari va muammolari ijobiy hal etilishiga erishildi. Bugungi uchrashuv ham ana shu uchrashuvlarning uzviy davomi desak xato qilmagan bo‘lamiz. Faqat bu galgi suhbat talaba yoshlarning murojaat va muammolarini tinglashga emas, balki yutuqlar va o‘zgarishlar xususida bo‘ldi.
– O‘tgan yili sababsiz ko‘p dars qoldirganim bois, juda ko‘p muammolarga duchor bo‘ldim. Rostini aytsam, universitetda o‘qishimni davom ettirishga ko‘zim yetmagan edi. Bizlarga oliygoh rektoriga biriktirilganimizni , muammolarimizni bemalol aytolishimiz mumkinligini aytishganda unchalik xursand bo‘lmadim. Vaziyatim o‘zimga ayon. Suhbatga kelganimda, o‘ylagan fikrlarim teskari bo‘lib chiqdi. Bir yil davomida bir necha marotaba ko‘rishdik. Universitet rektorining tavsiyasi bilan til o‘rganish kurslariga qatnay boshladim. Bugungi darslarda muammo yo‘q. Darslarimga xalaqit bermagan holda maktabda yuqori sinflarga matematika fanidan dars beryapman, -dedi Nurzod Abdukarimov.
– O‘tgan yili sog‘lig‘imda muammolar tufayli darslarga deyarli qatnay olmadim. Shu sababdan kursdan kursga qolish butunlay ketish masalasi meni va oilamnianchaa sarson qildi. Men ham universitet rektoriga biriktirilgan talabalar safida ekanligimni eshitdim. Bir necha marotaba suhbatlashdik. Ishchi guruhi boshchiligida shaxsan oliygoh rektori ota-onam bilan uchrashdi. Bugun o‘qishimni qolgan joyidan davom ettiryapman. Qo‘shimcha fanlarni o‘zlashtirib topshiryapman. Sohaning tajribali mutaxassisi bo‘lishni istayman. Qo‘shimcha IT to‘garaklarga qatnayapman.-deydi Zafar G‘ulomov.
-Inson bu dunyoda o‘zi istagan juda ko‘p narsani qo‘lga kiritish mumkin bo‘lsa-da, vaqtni topib ham, sotib ham ololmaydi. Itsardimki, bugun o‘zi istagan sohada tahsil olayotgan yoshlar mehnat bozoriga kirishda qiyinchilik ko‘rmasin.Bugun o‘qishni bitirishi bilanoq ishga joylashib ketadigan bitiruvchilar soni kam. Avvalgidek faqat diplomi borlar ishga o‘tadigan paytlar ortda qoldi. Har uchrashuvda men ularga Hamma narsa faqat o‘zlariga bog‘liq. Barcha muvaffaqiyatlar va muvaffaqiyatsizliklar ularning o‘z qo‘lida ekanligini ta’kidlayman. Ularga faqat munosib odamlar, hamfikrlar qurshovida bo‘lishni, boshqalarning yordamiga ishonib qolmaslikni , harakatdan to‘xtamaslikni ta’kidlayman . Faqat shu orqali ular shaxs sifatida o‘sishadi va muvaffaqiyatga erishishadi,-deydi universitet rektori Sh.Sharipov
Ta’kidlash joyi yil davomida olib borilgan suhbatlar,rektor bilan yuzma-yuz muloqotlar talabalarga o‘zlarining fikr va takliflarini erkin bildirish, universitetdagi qator muammolarni bartaraf etish imkonini berdi. Bugungi uchrashuvda Pedagogika va psixologiya fakulteti 4-kurs talabasi Umida Isoqova sog‘lig‘ida paydo bo‘lgan muammolar tufayli darslarni o‘zlashtirishda qiyinchilik bo‘layotganini bildirdi. Universitet rektori tegishli ma’qullarga vaziyatni o‘rganish va imkon darajada talabaga ko‘mak berish xususida topshiriq berdi.
—O‘zim sevgan ta’lim menejmenti yo‘nalishiga qiziqib topshirganman. Bu yil 4 kursman.Oilaliman. Sog‘lig‘imdagi muammolar tufayli darslarni ko‘p qoldirishimga to‘g‘ri keldi. O‘zimga yaqin bo‘lgan universitetga o‘qishimni ko‘chirmoqchi ham bo‘ldim. Lekin, aynan mening yo‘nalishim bo‘lmagani uchun o‘qishimni ko‘chirmadim,-deydi Umida Isoqova, — Rektorimizning talabalarning, ayniqsa mening muammolarim va kamchiliklarimni eshitib, mas’ullarga kerakli topshiriq bergani, o‘zimga to‘g‘ri yo‘nalish ko‘rsatgani tahsinga sazovordir.