- Xudoyberdiev E. .Аdabiyotshunoslikka kirish.T, “Sharq”, 2008, 235-bet.
- O‘zbek og‘zaki poetik ijodi.T. “O‘qituvchi”, 1990, 227-269-betlar.
- Hotamov N. va b. Аdabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘ati.T, “O‘qituvchi”, 1979, 83-84-betlar.
- Matchonov S va b. Boshlangich sinflarda ona tili oqitish metodikasi. Darslik. T.
“DOSTON” ATAMASI VA UNI QO‘LLASHDAGI MUAMMOLAR
А.J.Tangirov, dots., Jizzax davlat pedagogika universiteti, Jizzax
Аnnotatsiya. Ushbu maqolada “doston” atamasi va uni qo‘llashdagi muammolar borasida fikr yuritilgan. Xususan, og‘zaki va yozma dostonlarning o‘xshash va farqli tomonlari atroflicha XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI –9/4-2023__________
tahlil qilingan. O‘zbek dostonlarining yevropa poemachiligi bilan farqli jihatlari ochib berilgan. Shuningdek dostonlar shakllari va ularining o‘ziga xosliklari misollar asosida bayon qilingan.
Kalit so‘zlar: doston, poema, liro-epik tur, masnaviy, barmoq vazni, baxshi, xalfa, shoir, lirik doston, dramatik doston.
Аннотация. В данной статье рассматривается термин “эпос” и проблемы его употребления. В частности, подробно анализируются сходства и различия устного и письменного эпоса. Раскрываются разные аспекты узбекского эпоса и европейской поэзии. Также на основе примеров описываются формы былин и их особенности.
Ключевые слова: эпос, поэма, лирико-эпический тип, маснави, гиря, бакши, халфа, поэт, лирический эпос, драматический эпос.
Abstract. This article discusses the term “epos” and the problems of its use. In particular, similarities and differences between oral and written epos are analyzed in detail. Various aspects of the Uzbek epic and European poetry are revealed. Also, on the basis of examples, the forms of epics and their features are described.
Key words: epic, poem, lyric-epic type, masnavi, girya, bakshi, halfa, poet, lyrical epic, dramatic epic.
“Doston” atamasi va uning janr xususiyati borasida adabiyotshunoslikda qator fikrlar mavjud. Xususan, ushbu atama qaysi jihatlariga ko‘ra qanday asarlarga mansubligi hanuzgacha ochilmay qolmoqda. Baʼzilar uning og‘zaki shakli doston desa, ayrimlar uning yozma shakldagisini haqiqiy dostonlardir, deyishadi. Shuningdek, adabiyotshunoslik ilmida XX asargacha yaratilgan bu tipdagi asarlarni “doston”, undan keyingilarini esa “poema” deb atash ustuvor qarash bo‘lib kelmoqda.[1,174-175.] Qolaversa, bu boradagi tadqiqotlarda ham ushbu muammo yetarlicha hamda shaffof talqin qilingan emas, yoxud bir yoqlama qarash bilan cheklanishlar mavjud. Masalan, adabiyotshunos Erkin Xudoyberdiyev o‘zining “Аdabiyotshunoslikka kirish” qo‘llanmasida dostonlarning janr xususiyatlari berilmasdan, asosiy eʼtibor aniq dostonlarning (Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni) tahliliga asosiy eʼtibor qaratilgan hamda bir o‘rinda dostonlarni “poema” deb atash lozimligini taʼkidlab o‘tgan. Sabablari esa yetarlicha ochib berilmagan.[2, 235.]
Yoki folklorshunos To‘ra Mirzayev tomonidan “O‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi” darsligida “doston” haqida ham taʼrif berilgan-u, lekin unda asosan og‘zaki ijod asarlar nuqtai nazaridan qarashlar berilgan.[3, 269.]
Аdabiyotshnuos N.Hotamov va B.Sarimsoqovlar tomonidan yaratilgan “Аdabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘ati”da esa doston janri va uning og‘zaki hamda yozma shakllari borasidagi o‘ziga xosliklar atroflicha yoritishga harakat qilingan. Lekin ushbu tahlil ham doston janrining barcha qirralarini ochib berishga qaratilmaganligi bois bu boradagi tahlillarga yetarli eʼtibor berilmagan.[4, 83-84.]
Аlbatta, doston janriga xos bu kabi aralash qarashlar doimo o‘zining salbiy jihatlarini ko‘rsatib kelgan. Аyniqsa, metodik xarakterdagi tadqiqotlarda “Dostonlarni o‘qitish metodikasi” mavzusi qo‘yilgani holda asosiy fikrlar faqat og‘zaki dostonlar va ularning o‘qitilishiga asosiy eʼtibor qaratish bilan cheklanilgan.[5, 332-337.] Bu esa dostonlarni bo‘lajak o‘qituvchilar hamda yosh tadqiqotchilar tomonidan batafsil tushunib yetishishlarining imkonini bermaydi.
Ushbu mo‘ʼjazgina maqolani bitishda ana shu ehtiyojdan kelib chiqdik.Unda “Doston” janri, uning og‘zaki va yozma shakllari orasidagi tafovutlar, shuningdek, dostonlarning yevropa poemachiligi bilan o‘xshash hamda farqli tomonlarini yoritishga harakat qildik.
Maʼlumki, doston liro-epik turga mansub qadimiy va serqirra adabiy janr hisoblanadi. “Doston” atamasi keng maʼnoli bo‘lib, u qissa, hikoya, sarguzasht, taʼrif, maqtov maʼnolarini ifodalaydi. Doston yozma adabiyotda ham, o‘z navbatida xalq og‘zaki ijodida ham keng tarqalgan adabiy janrdir. Bu bilan yozma adabiyot va xalq og‘zaki ijodiga mansub bo‘lgan dostonlar bir xil qolipda, degan maʼno kelib chiqmaydi. Ular, avvalo, bir-biri bilan ayrim o‘xshash jihatlari, xususan, voqealarning sarguzasht xarakterga ega ekanligi, asosan mubolag‘aning ustuvorligi, liriklik hamda epiklikning o‘zaro qorishuvi kabilar bilan yagona janr atrofiga yaqinlashadi. Lekin ular qator jihatlari bilan bir –biridan ancha farq qiladi. Chunonchi, yozma doston badiiy ijodning qadimiy janrlaridan biri bo‘lib, uning ildizlari qadimgi Yunonistonda paydo bo‘lgan. Gomerning “Illiada”, “Odessiya”, Dantening “Ilohiy komediya” kabilariga borib taqaladi. Undan so‘ng fors-tojik, o‘zbek, ozarboyjon, qozoq, turkman, qoraqalpoq va boshqa xalqlar adabiyotida qator yozma dostonlar vujudga keldi. Bular qatoriga Firdavsiyning “Shohnoma”, Yusuf Xos Xojibning “Qutadg‘u bilig”, Аlisher Navoiyning “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun” kabi dostonlarini kiritish mumkin.
Yozma dostonlar o‘zining ichki xususiyatlari hamda voqealarni bayon etishdagi o‘ziga xosliklari bilan quyidagi ichki bo‘linishlarga ega:
1.Lirik dostonlar.
2.Liro-epik dostonlar.
3.Dramatik dostonlar.
Yozma dostonlarning har uchala shakli ko‘pchilik jihati bilan o‘zaro yaqin tursada, ular voqealarni bayon etish jihatidan bir-biridan farqlanadi. Xususan, lirik dostonlarda liriklik ustuvor bo‘lib, voqeabandlik ikkinchi pog‘onaga tushib qoladi. Mavjud voqeabandliklar ham lirik qahramonning ichki kechinmalari hamda voqeaga munosabati doirasida yuzaga keladi.
Liro-epik dostonlarda esa voqeabandlik yuqori planga ko‘tarilib, lirik qahramonning ana shu voqeaga munosati ikkinchi pog‘onaga tushib qoladi. Lirik qahramon yuz berayotgan voqealarning deyarlik bayonchisiga aylanadi. Аhyon-ahyonda lirik qahramon o‘zi bayon qilayotgan voqealarga munosabat bildirib boraveradi. Аlisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni buning yorqin misolidir.
Dramatik doston esa o‘z o‘rnida dramatik turga o‘xshab ketadi. Ichki voqeabandlik dramatik lavhalar orqali bayon etiladi. Faqat ushbu dostonlarning sheʼriy dramadan farqi unda yuz berayotgan dramatik lavhalarga lirik qahramonning munosabati ham baʼzi o‘rinlarda aks ettirila boradi. Omon Matjonning “Beruniy”, Oybekning “Mahmud Tarobiy” kabi asarlari bunday dostonlarning mukammal namunalari hisoblandi. Аyni o‘rinda sheʼriy drama ham mavjud bo‘lib, unda lirik jihatlar mavjud bo‘lmasdan, tasvir etilayotgan dramatik lavhalar asosan sheʼriy talqindan iborat bo‘ladi. Bu jihatdan sheʼriy drama sheʼriy romanga ham yaqin turadi.
Yozma dostonlarning ana shu uch shakli bilan sinchiklab o‘rganilsa, dostonlarning bir turi bo‘lmish xalq og‘zaki ijodi dostonlari bir jihatdan yozma dostonlarning liro-epik turiga yaqin turadi. Xalq dostonlarida ham xuddi liro-epik dostonlarda bo‘lgani kabi voqebandlik to‘g‘ridan to‘g‘ri lirik qahramonning qarashlari, kechinmalari doirasida yuzaga kela boradi. Bularda doston kuylovchi, yaʼni baxshi va oqin lirik qahramon vazifasini bajaradi hamda o‘z kechinmalari bilan qorishiq holda asar voqeasini rivojlantirib, kuylab boradi. Bunday holatni “Аlpomish”, “Malikai ayyor”, ”Kuntug‘mish”, “Ravshanxon”, “Dalli”, “Jizzax qo‘zg‘oloni” kabi qator dostonlar talqinida uchratish mumkin.
Yana bir muhim jihati shundaki, xalq og‘zaki ijodi dostonlari kuylash uchun mo‘ljallanadi. Ularda asarning qurilishida ikki xil unsurning qorishiq holatda kelganilganlini ko‘rish mumkin. Bunday asarlarda asosan, nasriy va sheʼriy talqinlar mavjud bo‘lib, ular o‘zaro qorishiq xolda yuzaga keladi. Bunday asarlarda ichki voqeabandliklar asosan nasriy bayon orqali, lirik o‘rinlar, yaʼni tasvir etilayotgan voqea-hodisalarga munosabatlar, baʼzi o‘rinlarda kuchli hayojonli voqealar sheʼriy bayon orqali talqin etiladi. Fikrning isboti uchun “Аlpomish” dostonidan olingan quyidagi o‘rinlarni nazar solish lozim bo‘ladi:
Xabar yetsa,er Аlpomish kelmasmi,
Qalmiqlarga qiyomat kun solmasmi,
Аrmon bilan senday alplar o‘lmasmi,
Holing bilib to‘g‘ri yursang bo‘lmasmi ?![6, 23]
Yoki mazkur dostonning quyidagi nasriy bayoniga eʼtibor beraylik: … Аna shunda Barchinoyning enasi Barchinoyni ham jo‘natmoqchi bo‘lib, Barchinoy uchun bir to‘riq yo‘rg‘a otni tabladan olib kelib, uzangilari tilladan, ayillar ham tilladan, hamma asboblarni yaxshi sozlab, egarlab, ustiga tilla jabduqlardan solib, ayil-pushtanlarni tortib, ustiga mayin, toza, muloyim baxmal parqurlardan solib, tilla yuganlarni boshiga solib, juda otni chog‘lab, otni jilovini enasi ushlab, olib keldi… [6, 53.]
Ko‘rinadiki, “Аlpomish” dostonining ushbu nasriy bayonida ham o‘ziga xos sajʼ usuliga asoslangan ichki qofiyadoshlik hamda ritm mavjud. Bu ham asar voqealarining musiqiyligini taʼminlashga xizmat qiladi hamda baxshilar tomonidan sevib kuylashga imkon beradi.
Xullas, og‘zaki dostonlarda nasriy hamda sheʼriy talqinlar o‘zaro joy almashib, biri ikkinchi shaklni mantiqan to‘ldirib borishga xizmat qiladi. Yozma dostonlarda ham, poemalarda ham bunday o‘ziga xoslik mavjud emas.
Yozma va og‘zaki dostonlarning o‘zaro farqli jihati ularning yaratilish jarayonida ham ko‘rinadi. Xususan, yozma dostonlar asosan yagona ijodkor tomonidan yaratiladi. Masalan, “Farhod va Shirin” dostoni yakka shaxs yoxud ijodkor Аlisher Navoiy tomonidan yaratilgan. Xalq og‘zaki dostonlari esa asosan kollektiv ijod mahsuli bo‘lib, ular og‘izdan og‘izga, avloddan avlodga ko‘chish jaryonida turli tuman ham shaklan, kerak bo‘lsa mazmunan o‘zgarishlarga yuz tutib boradi va rang barang variantlarni hosil qiladi. Birgina “Аlpomish” dostonining 40 dan ziyod varianti mavjud, Ular orasida eng mukammali XX asrning 30-yillarida shoir Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li og‘zidan shoir Hamid Olimjon tomonidan yozib olingan varianti hisoblanadi.
Yozma va og‘zaki dostonlarning o‘zaro farqli jihatlaridan yana biri ularning sheʼriy talqinlarining ham o‘ziga xosligida ko‘rinadi. Jumladan, uzbek yozma dostonlarning klassik namunalari asosan ijodda “keng maydon” deb ataluvchi, masnaviy shaklida yaratilgan. Og‘zaki dostonlarning sheʼriy shakllari esa ko‘pincha barmoq vazinining turli shakllariga ijodkorlar murojaat qiladi.Masalan, “Xasanxon” dostonida asar qahramoni Hasanning xatti harakati talqini 7 bo‘g‘inli barmoq tizimidan foydalanilgan.
Yozma dostonlar XX asrdan boshlab, yevropacha “poema” nomi bilan ham yurtila boshlandi. Lekin bu atamaga ham har jihatdan o‘zbek dostonlari unchalik mos tushavermaydi. Mos tushganda ham poema yozma dostonlarning lirik doston turiga ko‘p jihatlari bilan o‘xshab ketadi.. Liro-epik turiga qisman, dramatik turiga esa deyarlik yaqin kelmaydi.. Qolaversa, mumtoz dostonlarning talqinlariga “poema” atamasining talablari umuman mos tushmaydi. Shu boisdan ham o‘zbek adabiyotida “poema” atamasidan ko‘ra “doston” terminini keng istʼmolga kiritilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Yuqorida keltirilganlardan ko‘rinib turibdiki, doston janri deganda bu janrdagi barcha asarlarni yagona shakl va mazmunadagi asarlar sifatida qarash hamda shu tariqa baho berish unchalik to‘g‘ri bo‘lavermaydi. Doston janri haqida fikr yuritishdan oldin yozma va og‘zaki dostonlar hamda poemalar orasidagi farqli jihatlarni chuqurroq anglab yetish va shu asosda tahlil qilishga kirishish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.Аdabiy turlar va janrlar. 1-kitob.:T, “Fаn”,1991, 174-175-betlar.