- Mirziyoyev Sh.M. Niyati ulugʻ xalqning ishi ham ulugʻ, hayoti yorugʻ va kelajagi farovon boʻladi. –T.: “Oʻzbekiston” NMIU, 2019. 75-bet.
- Abdullayev X. Pedagogikani oʻqitish metodikasi. -Fargʻona. 2008. 31-bet.
- YoziYeva U.L. Ta’lim-tarbiya jarayonida oʻquvchilarni zararli axborotlar tahdididan himoya qilishning takomillashtirilgan texnologiyasi. Pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (phd) dissertasiyasi. –Nukus. 2018. -156 b.
- Yoqubova M. Jamiyat taraqqiyotida axborotlashuv va axborot texnologiyalarining ahamiyati: Falsafa fanlari nomzodi. … diss. -T., 2008. -176 b.
Bolaning to’g’ri kasb tanlashi kimlarga bog’liq!
A.Qodiriy nomli JDPU
Pedagogika va psixologita fakulteti
stajyor o’qituvchisi
Sattarova Sevinch Berdiyor qizi
Bizga ma’lumki, insonga berilgan ne’matlar ichida farzand eng ulug’idir. Shunday ekan, farzand tarbiyasga e’tiborsiz bo’lish – Alloh bergan ne’matga noshukrlik qilishdir. Farzandiga yoshligidan ilmu ma’rifat berib, imon-e’tiqodli qilib tarbiya qilgan insonning farzandlari ota-onasiga dunyo va oxiratda yaxshilik olib keladi. Buning aksi bo’lsa, ularga hasrat va nadomat bo’ladi
Farzand dunyoga kelar ekan ota-ona va uning yaqinlari bolaning kelajagi to’g’risida ezgu niyatlar qila boshlaydi.Chunki mana shu bola kelajakda jamiyat uchun kerakli shaxs bo’lib yetishadi,faqatgina bu holat o’sha duogo’y ota-onaning farzand tarbiyasiga qanchalik e’tibor berishiga bog’liq.Ma`lumki, xalqimiz qadimdan yosh avlod tarbiyasi, xususan yoshlarni mehnatga tayyorlash, ularga hunar o’rgatishga alohida e`tibor berib keladi.Bolalarni mehnatga o’rgatish,ularni kasbga yo’naltirish bizning xalqimizda yetakchi vazifa hisoblanadi. Bu gapimizni dalilini “ Hunar-hunardan unar”, “Yigit kishiga qirq hunar” oz kabi maqollarimizda ham ko’rishimiz mumkin.
Minglab kasblar ichida qaysi birini tanlash, bolaning unga moyilligi, layoqati va qiziqishlarining mos kelishi yoki kelmasligini bilish, bola istiqbolida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada bolalarga qiziqtirgan kasblar haqida ko’plab ma’lumotlarni maktabgacha ta’lim muassasalari kasb olami haqidagi dastlabki tushunchalar , boshlang’ich mehnat ko’nikmalari o’yinlar orqali beriladi.
Mamlakatda kasbga yo’naltirish yaxlit tizimi asta-sekin shaklanmoqda. Mazkur yagona tizim hozirgi holatida bog’cha, maktab, akademik litsey, kasb-hunar kolleji, kasb-hunarga yo’naltirish markazlari, yoshlar ijtimoiy harakati, oliy o’quv yurtlari, bandlik xizmatining tegishli davlat tuzilmalari, mulkchilik shaklidan qat`iy nazar korxona va muassasalar o’z tarkibiy tuzilmalarida hamda ularning o’rtasidagi ikki tomonlama va ko’p tomonlama hamkorlik faoliyatlarni bugungi kunda mavjud me`yoriy-huquqiy hujjatlar zaminida – o’quvchilarni kasb hunarga yo’naltirish borasidagi ishlarni asta-sekin tashkil etmoqdalar. Bu borada qayd etilgan o’quv muassasalar, korxona va tashkilotlarni tegishli kadrlar bilan ta`minlash, ayniqsa: psixologlar, kasbiy maslahatchilar, psixofiziologlar, sotsiologlar va boshqalarni tayyorlashni ko’paytirish hisobiga shakllantiriladi.
Buni inobatga olgan holatda pedagogik institut va universitetlarda
tayyorlanayotgan mehnat ta`limi va kasb-hunar o’qituvchilarini o’quv rejalarida
bo’lajak o’qituvchilar faoliyatida “O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish
kursining o’qitish metodikasi”ga e`tibor katta.
O’quvchilarni – bo’lajak kasbini ongli ravishda tanlashi, tanlagan kasbi yuzasidan to’la axborot va ma`lumotlarga ega bo’lishi uchun 8-9 sinflarning birinchi yarmida ishlab chiqarish asoslari kursida yetarli materiallar kiritilgan hamda ularni to’la hajmida o’zlashtirishga xos imkoniyatlarni yaratilishi ko’zda tutilgan.
Jamiyat hamma zamonlarda yosh avlodga ijtimoiy va kasbiy tajribani berish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilib keladi. Insoniyat yashashining ilk davrlaridanoq bu tajriba meros bo‘lib qolgan, avloddan – avlodga o‘tib kelmoqda. Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan odamga nisbatan qo‘yilgan talablar ham oshdi, bu esa turli kasblarda ishlash uchun xodimlarni tanlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish zarurligini taqozo etdi.
Hozirgi vaqtda, ijtimoiy va ilmiy-texnikaviy taraqqiyot sharoitida maktab o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirishning muhimligi ancha oshdi. Bir tomondan – ishlab chiqarishni murakkablashtirayotgan xilma-xil kasblar va mutaxassisliklarning mavjudligi, ikkinchi tomondan – bir qator barqaror shaxsiy xususiyatlari bilan ajralib turgan odamlarning mavjudligi kasblarni, o‘quv yurtlarini tanlashda, kadrlarni ish o‘rinlariga joylashtirishda va qayta joylashtirishda ana shu omillarni, umuman inson omilini hisobga olishni qat’iy talab qiladi.
Iqtisodiy islohot va umuman qayta qurish insonni faol ravishda birinchi o‘ringa chiqarib qo‘ymoqda, ijtimoiy adolat odam o‘z shaxsiy qobiliyatlarini namoyon etishga ko‘proq e’tibor berilishini taqozo qilmoqda. Bu vazifani hal qilishda shaxsiy manfaatlar va jamiyatning kadrlarga bo‘lgan talab-ehtiyojlari birligida yoshlarni erkin va ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlashning ilmiy asoslangan sistemasi bo‘lmish kasb tanlashga yo‘naltirishga muhim o‘rin ajratilmoqda.
Yosh avlodni ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlash masalasiga yoshlarni har tomonlama va uyg‘un rivojlantirishning muhim sharti sifatida qaralmoqda. Bu ish shaxsni g‘oyaviy-siyosiy, axloqiy, mehnatsevarlik, aqliy, estetik va jismoniy jihatdan kamol toptirish bilan, ya’ni butun ta’lim-tarbiya jarayoni, uning butun kompleksi bilan uzviy birlikda va hamjihatlikda amalga oshiriladi.
Xalq ta’limining shu sohadagi bir qator qarorlarida ta’kidlab o‘tilganidek, vujudga keltirilayotgan kasbga yo‘naltirishning davlat tizimida umumiy ta’lim maktabiga, o‘qituvchiga yetakchi o‘rin ajratilmoqda. Ayni o‘qituvchi mehnat ahliga bo‘lgan zamonaviy talablarni hisobga olib, umummehnat va kasbiy mahorat hamda malakalarni egallashdagina emas, balki kasbni to‘g‘ri tanlashda ham o‘smirlarga yordam berish lozim. Kasb to‘g‘ri tanlanganda ular o‘z qobiliyatlari va qiziqishlarini yaxshiroq ro‘yobga chiqarishlari hamda jamiyatga ko‘proq naf keltirishlari mumkin.
Ilk kasbga yo‘naltirish (I-IV sinflar) bolalarni mehnatga tayyorlashdan, yosh xususiyatlarini hisobga olib, ularni kasblar, mehnat olami bilan tanishtirishdan, ularda o‘z mehnati bilan boshqalarga naf keltirish ehtiyojini shakllantirishdan iborat. Bunga esa bolalarni qo‘ldan keladigan ijtimoiy – foydali mehnatga o‘quv va o‘yin faoliyatining har xil turlariga jalb etish yo‘li bilan erishish mumkin.
O‘rta bo‘g`inda (V-VII sinflar) maktab o‘qituvchilari ijtimoiy-foydali, unumli mehnatga kirishadilar, ularda kasb tanlashning ijtimoiy ahamiyatga molik sabablari, mehnat faoliyatining aniq sohasiga bo‘lgan qiziqish shakillanadi.
Navbatdagi bosqichda (VIII-IXsinflar) o‘quvchilarda tizimlashtirilgan bilimlar, kasblar olamida mo‘ljal ola bilish mahorati, aniq kasbga bo‘lgan qiziqish shakillanishi lozim. X-XI sinflarda asosiy e’tibor yuqori sinf o‘quvchilarini moddiy ishlab chiqarish sohasidagi mehnatga tayyorlash ijtimoiy-kasbiy jihatdan bir maqsadni ko‘zda tutganligiga qaratilishi kerak.
I-IV sinflarning o‘quvchilari kasb tanlashdan hali uzoq turadilar. Biroq ular o‘rtasida to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan kasb tanlash ishi shunday bir negiz bo‘lishi kerakki, yuqori sinflardagi o‘quvchilarning kasbga bo‘lgan qiziqishlari, o‘y va niyatlari keyinchalik shu negiz asosida rivojlanadigan bo‘lsin.
Beistisno barcha kasblar uchun zarur va muhim bo’lgan shaxs xislatlari bor, bular-mehnatsevarlik, hamma kasb va mutaxassislikdagi mehnat ahliga nisbatan hurmat-ehtirom, mehnat qilish zarurligini tushunish va anglash, uz ishini rejalashtirish va nazorat qila bilish, ish joyini to‘g‘ri tashkil qilish, ish batartib va intizomli bo‘lish, toqatlilik, sabotlilik, topshiriqni bajarishning eng oqilona usulini tanlab ola bilish, materiallar hamda vaqtni tejash va shu kabilardir. Ana shu xislatlar va fazilatlarning hammasini bolalarda birinchi sinfdan boshlab shakillantirish lozim.
Bolalarni kasblar olamiga asta-sekin olib kirish, ularni shu olamda mo‘ljal olishga o‘rgatish zarur. O‘qituvchi o‘quvchini darslarda kuzatish, u bilan suhbatlashish, bola faoliyati mahsulini tahlil qilish jarayonida uning ba’zi bir xususiyatlarini, mayllarini payqab oladi, bu xislatlartga rivojlantirish yuzasidan tegishli ishlarni ado etgandan keyin, keyinchalik kasbni belgilashda asosiy omil bo‘lishi mumkin.
Bolaning kasbiy muhim xislatlarini barvaqt aniqlash esa keyinchalik unga o‘z xususiyatlariga qarab kasbni to‘g‘ri tanlash, uni muvaffaqqiyatli ravishda o‘zlashtirish, mehnatda yuksak natijalarga erishish imkonini berishi mumkin.
Ko`pgina olimlar o‘tkazgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, maktab o‘quvchilarining taxminan 30 foizida tanlangan kasbga nisbatan barqaror qiziqishlar boshlang’ich sinflardayoq shakllanar ekan. O‘qituvchining vazifasi -o‘quvchilarning qiziqishlarini mumkin qadar oldinroq aniqlashdan va jamiyat talab-ehtiyojlariga muvofiq shu qiziqishlarini rivojlantirishdan, inson shaxsini har tomonlama uyg’un kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.Bu borada ota-ona va o’qituvchi o’rtasidagi hamkorlik muhim o’rin egallab kelmoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YHATI: