Yangiliklar
Yangiliklar
|
01/06/2021
Chop etish
Bolalarga bering dunyoni!!!

Butun dunyo bo‘ylab, har yilning 1 iyun kuni “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” sifatida nishonlanadi. Ushbu bayram ko‘pchilik davlatlarda “Xalqaro bolalar huquqlarini himoya qilish kuni” sifatida ham e’tirof etiladi.

“Xalqaro bolalar kuni” uchun maxsus bayroq ham ishlab chiqilgan. Mazkur bayroq o‘zining ramziy ma’nosiga ega. Orqa fondagi yashil rang yuksalish, beg‘uborlik, farovonlik ramzi bo‘lsa, markazdagi Yer shari va uning atrofidagi qizil, ko‘k, sariq, oq va qora ranglar dunyoning istalgan burchagidagi bolalar irqi, millatidan qat’iy nazar teng ekanligini ifodalaydi.

Ushbu kun 1925 yil Jenevada bolalar farovonligiga bag‘ishlangan Butunjahon konferensiyasida ta’sis etilgan bo‘lsa, oradan 25 yil o‘tib, 1950 yildan bayram sifatida nishonlab kelinadi.

Bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalaridir. Binobarin, ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir.

O‘zbekistonda ham farzandlarimiz ana shunday mehr-muhabbat, ulkan g‘amxo‘rliklar og‘ushida voyaga yetmoqda.

Aziz bolajonlar sizni Jizzax davlat pedagogika instituti jamoasi nomidan bugungi bayram bilan  muborakbod etaman. Ko‘zimiz nuri, qalbimiz qo‘ri aziz bolajonlar doimo sog‘ bo‘ling. O‘zingizdek sof va beg‘ubor orzularingiz ushalaversin.

Jizzax davlat pedagogika isntituti rektori prof. Sh.S.Sharipov

 


Ulashish:
1 133
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazish jarayoni va uning joriy holati muhokama qilindi.
Jizzax shahridagi 22 ta umumta’lim maktabi hamda «Best School» xususiy maktabida Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazish jarayoni tashkil etildi.
Sejong universiteti bilan hamkorlik bo‘yicha muzokaralar davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Janubiy Koreyaning Sejong universiteti vakillari bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.