Yangiliklar
Yangiliklar
|
30/08/2021
Chop etish
Bayram muborak!!!

Assalomu alaykum qadrli yurtdoshlar!

Yaratganning har bir ne’mati o‘zining qadru qimmatiga ega. Vatan ozodligi, Mustaqillik ne’matining qimmatini hech bir narsa bilan qiyos etib bo‘lmaydi.

 

Mana shu yurt farzandi ekanmiz, zimmamizdagi eng mas’uliyatli, eng ulug‘ vazifa shuki, Vatan ozodligini, Mustaqillikni asrab avaylash.

Barcha orzularimizga qanot bo‘lgan Mustaqillik tushunchasi bugun tom ma’noda davlat va xalq birligini ta’minlashga qodir mafkura bo‘lib shaklandi. O‘z bilimi va mustaqil qarashlariga ega har bir yurtdoshimiz bugun haqli ravishda o‘z taqdirini mamlakat istiqboli bilan chambarchas bog‘liq holda tasavvur etadi.

Bu esa asrlar davomida milliy davlatchilik va xalqona qadriyatlarga beshik bo‘lgan Ona Vatanimiz O‘zbekistonning istiqlol quyoshi abadiy porlab, dunyoga charog‘on nur sochib turishidan darakdir.

Mustaqilligimizning 30 yillik bayrami barchangizga muborak bo‘lsin.

Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!

Jizzzax davlat pedagogika instituti rektori Sh.S.Sharipov

 


Ulashish:
1 064
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazish jarayoni va uning joriy holati muhokama qilindi.
Jizzax shahridagi 22 ta umumta’lim maktabi hamda «Best School» xususiy maktabida Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazish jarayoni tashkil etildi.
Sejong universiteti bilan hamkorlik bo‘yicha muzokaralar davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Janubiy Koreyaning Sejong universiteti vakillari bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.