Yangiliklar
Yangiliklar
|
30/04/2020
Chop etish
Ruhiyat manzili…

QALBNI HOTIRJAMLIKKA OLIB CHIQISH SHUKRONALIK

Buning javobi va eng yaxshi usullardan biri— har kecha uxlashga yotishingizdan oldin MINNATDORCHILIK bildirishni istagan insonlaringiz ro’yxatini tuzing.

Bu sizga odat bo’lganida siz yanada uyg’un va hotirjam bo’lasiz.

Siz izlayotgan TINCHLIK  va HOTIRJAMLIKNI his qilasiz.

Har kuningiz uchun Minnatdorchilik bildirishni  davom ettiring.

O’zingiz uchun 5-10 daqiqa vaqt ajrating va bugungi kungacha sizga berilgan eng yaxshi narsalarni

eslang Agar biror esda qolarli hodisalar ro’y bermagan bo’lsa,

Siz o’z hayotingiz, yaqinlaringiz borligi, tanavul qilayotganingiz, sog’lom fikrlashingiz, almashinib turgan fasllar, go’zal tabiat uchun Minnatdorchilik bildirishingiz mumkin.

Kundalik hayotimizdagi kichik bo’lsa ham quvonchli narsalarni qadrlashni o’rganamiz.

Misol uchun:

—Menga berilgan Yangi kun uchun MINNATDORMAN

— Samarali ish haftasi uchun MINNATDORMAN

— Ishdan olgan ajoyib natija va fikrlar uchun MINNATDORMAN

—Bahorning nurli quyoshi uchun MINNATDORMAN

—Bajara olgan barcha ishlarim uchun MINNATDORMAN

—Xayotimdagi Baxtli tasodiflar uchun MINNATDORMAN

—Quvonchli uchrashuvlar va qiziqarli suhbatlar uchun MINNATDORMAN

—Yaqinlarimning g’amxo’rligi uchun MINNATDORMAN

—Mening hayotimdagi barcha yaxshiliklar uchun MINNATDORMAN

Sizga Sehrli Minnatdorlik energiya oqimini tilayman!

Jizzax davlat pedagogika instituti psixologi S.Nomozov


Ulashish:
890
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yurish marafoni yakuniy umumuniversitet tadbiri bilan yakunlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘quv yili boshlanganidan buyon barcha fakultet va oliy maktablarda professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirokida yurish marafonlari tashkil etib kelindi. Marafonlar davomida...
Xorijiy olim ishtirokida o‘zbek adabiyotiga bag‘ishlangan mashg‘ulot o‘tkazildi
Turkiyaning Artvin Choruh universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori Erhan Giray Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabining O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasiga tashrif...
Xalqaro maktab doirasida  mahorat darslari
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti tomonidan tashkil etilgan “Dynamical Days in Jizzakh 2026” xalqaro maktabi o‘z ishini davom ettirmoqda.