Ekofaol talabalar
Ekofaol talabalar
|
12/06/2025
Chop etish
«Eko izquvar» mobil ilovasi bolalarda ekologik ong va madaniyatni shakllantiruvchi yagona o‘zbek brend platformasi.
Yaratuvchi:Baxtiyorova Sevinch Doniyor qizi. Yosh:20 Viloyat: Jizzax davlat pedagogika universiteti Ish tajribasi: Talaba

O‘yin maqsadi: Bolalarda tabiat tushunchasini shakllantirish,ushbu jarayonda ona tabiat bilan bog‘liq bir qancha muammolarni o‘yin orqali virtual bajarish va natijada bolalar ongida ekologik qarashlarni singdirib borish. Ushbu ilova ichida bir nechta shartlar orqali tuzilgan o‘yin,sehrli daraxt va 2 daqiqalik videodarslar o‘rin olgan. Eng yaxshi natija ko‘rsatgan o‘yinchilarga «Eko oromgoh» uchun biletlar, ko‘p martalik idishlar va turli xil kitoblar sovg‘a shaklida rag‘batlantirilib boriladi. Keyinchalik o‘yindagi shartlarda «Oilaviy daraxt» ekish kabi bandlar ham bo‘lib bu orqali jamiyatda oilaning ham mustahkam bo‘lishi uchun bir qancha harakatlar amalga oshirilganligini guvohi bo‘lishimiz mumkin. «Eko izquvar» bu haqiqiy tabiatsevarlar platformasi

 


Ulashish:
1 398
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Mustaqillik to‘yi»ning asosiy tantanalari yoshlar ijodi bilan davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbirining asosiy tantanalari o‘tkazildi.
JDPUda «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri tantanali nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri «Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod...
Universitetda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
Jizzax viloyati hokimligi ishchi guruhi hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘rganish ishlari olib borildi.