Yangiliklar
Yangiliklar
|
24/10/2019
Chop etish
QUTLOV

                               QUTLOV …

“Halq  maorifi a’lochisi” nishoni sovrindori , kimyo fanlari nomzodi, dotsent Shavkat Sharipov  60 yoshga  to‘ldi.

                           Hayoti va faoliyati

Shavkat Sharipov  Jizzax viloyati , Sh.Rashidov tumani , Gandumtosh MFY mahallasida  ziyolilar oilasida  tavallud topdi. 1978 yilda S.Sirojiddinov nomidagi respublika yosh  fizik-matematiklar  maktab internatini bitirgan  Shavkat Sharipov o‘sha yilning  o‘zidayoq  hozirgi  Mirzo Ulug‘bek nomidagi  O‘zbekiston  milliy universitetining “Kimyo “ fakultetiga o‘qishga  kiradi.  O‘z  ish  faoliyatini dastlab,  Jizzax  politexnika institutida boshlagan o‘qituvchi,  2000 yildan hozirgi vaqtga qadar Jizzax davlat pedagogika instituti “ Kimyo o‘qitish metodikasi” kafedrasida o‘qituvchi  bo‘lib  ishlab kelmoqda. Mehnatsevarligi, tashkilotchiligi bilan  jamoa o‘rtasida  hurmat  qozongan ustoz Shavkat Sharipovning 100 dan ziyod  ilmiy-ommabop maqolalari nafaqat o‘zimizda balki, Rossiya, Polsha va AQSh kabi dunyoga mashhur davlatlarning nufuzli  jurnallarida chop etilgan. Ko‘p yillik  pedagogik  tajribaga ega, talabalarga  ta’lim -tarbiya  berishda o‘zining  munosib hissasini  qo‘shib kelayotgan, kasbidan obro‘ topib, elning bolasini o‘qitish  kabi oliy vazifada  beminnat  xizmat  qilayotgan qadrli ustozimiz Shavkat Sharipov  sizni  qutlug‘ 60  yoshingiz  bilan Jizzax davlat  pedagogika instituti  jamoasi va rahbariyati chin  yurakdan muborakbod etadi. Yaqinlaringiz baxtiga omon bo‘ling.  Ardog‘imizdasiz  ustoz.

Dunyo zulmat qorong‘u

Chimmatga cho‘mgan chog‘da

Porlab yulduz qarog‘i-

Go‘yo cho‘g‘dek o‘chog‘da…

Olamga mayoq bo‘lib,

Lovullab porlagansiz.

Ko‘z, qo‘lu oyoq bo‘lib,

Nur sari chorlagansiz.

Siz-Beruniy,

Siz-Sino,

Siz-Farobiy,Ulug‘bek.

Oq qog‘ozdek pok siymo

Sehringizga yo‘qdir chek…

 

                          Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati

 


Ulashish:
1 253
Boshqa rubrikalarda mashhur

“Mustaqillik kubogi” musobaqalari davom etmoqda
25-avgust kuni musobaqa doirasida bir qator jamoalar o‘zaro kuch sinashdi.
“Mustaqillik kubogi”: futbol bahslariga start berildi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak...
Rektor texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlari bilan uchrashdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Maksudjon Yuldashev universitetning Texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlari bilan uchrashib, ularning kundalik faoliyati, mavjud vazifalar hamda universitet hududida amalga...