1 oktyabr – “O‘qtituvchi va murabbiylar “ kuni Jizzax viloyatida ham munosib kutib olindi.
1 oktyabr – “O‘qtituvchi va murabbiylar “ kuni Jizzax viloyatida ham munosib kutib olindi.
Yaqin –yaqinlargacha bu bayramni o‘qituvchilar paxta dalalarida kutib olishardi.. Bayram arafasida kimdir tanish bilish qilib uyiga ketsa , qolganlar dala shiyponlarida talabalar va yaqinlar davrasida bayramni nishonlashar edi. “O‘rda ekologik bog‘i”da bo‘lib o‘tgan bayram tantanasini ko‘rib bugun tobora qadr topib e’zozlanayotgan ustoz va murabbiylarimizga chin dildan havas qildim. Bir zamonlar marhum qiziqchi Xojiboy Tojiboevning askiyasidagi kabi “ …O‘qituvchilarmi ol chekkaga tarkatoristlarni to‘rga o‘tqaz…” qabilidagi “ achchiq” bo‘lsada haqiqatni hech birimiz inkor eta olmaymiz. O‘z ishi qolib goh dalaga , chopiqqa , shanbalig-u hisobot yozishga zo‘rg‘a ulgurgan o‘qituvchi olgan maoshini u oydan bu oylikkacha yetkaza olmagani ham bor haqiqat edi. Hatto buning ortidan bor-e deb o‘zga yurtlarga ketganlar ham bo‘ldi.
Ustozlarim … shu lahzalarda men ularning barchasini qalbimda mehr va chuqur hurmat bilan xotirlayman. Mening yutuqlarim sababchilari ustozlarimdir. Ularo mehribonlik, ba’zida qattiqqo‘llik bilan men va tengdoshlarimga ta’lim tarbiya berishdi. Bugun ularning ko‘pchiligi oramizda yo‘q , ammo xotiralari dilda mangudir. Ko‘rishib qolganimizda meni alqab, men bilan faxrlangan ustozlarimning duolari va iliq fikrlari menga qanot bag‘ishlaydi.
Bugun o‘qituvchilik kasbi yuksak maqomda. Buni yurtboshimizning o‘qituvchi va murabbiylarga ko‘rsatayotgan hurmat va ehtiromida ko‘rishimiz mumkin. O‘qituvchilarga g‘amxo‘rlik qilish, ularning mehnat haqqini oshirish, turli imtiyozlarning joriy etilishi-bularning barchasi bu kasbning qadr topayotganidan dalolatdir.
Jizzax viloyati hokimligi tomonidan tashkillashtirilgan ushbu bayramga viloyatimizda hurmatga sazovor, jamoat ishlarida faol, ko‘plab shogirdlar e’zozidagi ikki mingdan ziyod ustoz va murabbiylar taklif etildi. O‘rda ekologik bog‘ida tashkillashtirilgan bir piyola choy ustida bo‘lib o‘tgan tadbirda ustoz va murabbiylar viloyat hokimligining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Shu kuni Jizzax davlat pedaogika institutning 200 dan ziyod prfessor o‘qituvchilari ham tantanali tadbirda ishtirok etishdi. Ko‘p yillar shu jamoada xizmat qilib bugungi kunda nafaqada bo‘lgan aziz ustozlar ham kechaga taklif etilib ularga Jizzax viloyat hokimligi hamda oliygoh rahbariyati tomonidan ajratilgan qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Asosiy tantana “O‘rda”bog‘ining endigina qurilib foydalanishga topshirilgan amfiteatrida bo‘lib o‘tdi. Unda so‘zga chiqqan viloyat hokim E. Soliev sharafli kasb egalari bo‘lmish ustoz va murabbiylarni qutlar ekan, ularning jamiyatimiz ravnaqi uchun xizmatlari beqiyos ekanliigini, yosh avlodga ta’lim tarbiya berishda sidqidildan mehnat qilayotgan ustoz va murabbiylarimiz doimo e’zozda bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi. Jumladan viloyat hokimi E. Saliev o‘z so‘zida shunday dedi:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yilda 5 sentyabrdagi “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni va xuddi shu sanadagi “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi. O‘quv-tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, o‘qituvchi kasbining nufuzini tiklash maqsadida ularning ish haq oxirgi
3 yilda o‘rtacha 2,5 barobar oshirildi, olis tumanlardagi maktablarda ishlayogan pedagog kadrlar mehnatini rag‘batlantirish uchun ularga
50 foizgacha qo‘shimcha oylik ustamalar belgilandi.
Ta’lim-tarbiyada erkak o‘qituvchilarning alohida o‘rni va ahamiyatini hisobga olib, ko‘rilgan aniq chora-tadbirlar natijasida viloyatdagi umumta’lim maktablariga qariyib 600 nafarga yaqin erkak o‘qituvchilar qaytarildi.
Jizzax shahrida 2020 yilda mutlaqo yangicha mazmun va shaklga ega bo‘lgan, iqtidorli bolalarni aniqlash, tanlash va o‘qitish, ularning har tomonlama rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida “Prezident maktabi” barpo etilishi rejalashtirilgan.”
Ulug‘ shoir A. Jomiy aytganidek:
Jaxonda bo‘lmasa muallim agar,
Hayot ham bo‘lmasdi go‘zal bu qadar
Hayot bog‘ining bog‘bonlari aziz va muhtaram ustozlar sharafiga tashkillashtirlgan bayram tadbiri Teatrlashtirilgan tomoshalar, dilga yaqin kuy va qo‘shiqlar bilan davom etdi.
Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati