Universitetning barcha talabalar, magistrantlar, doktorantlar, ilmiy xodimlari diqqatiga! O‘zbekiston-Yaponiya Markazi tomonidan 2024-yil 5-noyabr kuni Toshkent shahrida joylashgan Xalqaro biznes markazidata’lim ko‘rgazmasi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Ko‘rgazma davomida o‘zbekistonlik o‘quvchi va talabalarni Yaponiya universitetlarida ta’lim olish imkoniyatlari, xususan Yaponiya universitetlarining o‘qish tartibi, ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari, o‘qish muddatlari va shart-sharoitlari bilan tanishtirish hamda o‘z faoliyatingiz bo‘yicha malaka oshirish haqida ma’lumot olishingiz mumkin. Ushbu ko‘rgazmada qatnashish uchun Yaponiyaning Keio, Tsukuba, Toyo, Nagoya, Tokio, Nagoya iqtisodiyot, Hokkaydo Bunkyo universtetlari, Kioto ilg‘or fanlar universiteti (KUAS), Kioto informatika yo‘nalishida magistrlik yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim universiteti (KCGI), Ritsumeikan Osiyo-Tinch okeani universiteti (APU), Yaponiya raqamli universiteti (JDU) tashrif buyurishadi.