Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Uchrashuvlar
Uchrashuvlar
|
28/11/2018
Chop etish
Milan davlat universiteti professori Jiunchi Djovanni Jizzax davlat pedagogika instituti haqida:

Ochig‘ini aytadigan bo‘lsam, men birinchi marta O‘zbekistonga kelishim. Samimiy taklif uchun institutingiz rektori Abdug‘ani Jumanazarovich Xolbekovga, professor Raxmatilla Bekmirzaevga aloxida samimiy minnatdorchilik bildiraman. Italyan sayyoxi vatandoshim Marko Polo dunyoni aylanib chiqqan, lekinu O‘zbekistonda bo‘lmagan. Menga O‘zbekistonga kelishdek oliy baxt nasib etdi

 va menda O‘zbekiston, ayniqsa Jizzax vohasi tarixi, madaniyati, urf- odatlari katta taassurot qoldirdi. Men Osiyoning ko‘pgina davlatlarida Yaponiya, Koreya, Xitoy davlatida ko‘plab yoshlar bilan muloqotda bo‘lganman.  Lekin, sizlarning talabalaringiz boshqacha, ularning ko‘zi yonib turibdi. Men bunga ikki kun davomida o‘tkazgan dars mashg‘ulotlarim davomida amin buldim. Bu yerda men islom madaniyati va taraqqiyoti sivilizatsiyasiga bebaho xissa qo‘shgan buyuk allomalar: Al Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino,  Amir Temur, Ulug‘bek, Boburning jahon fani xazinasiga o‘zlarining ulkan hissalarini qo‘shganligiga yana bir bor  amin bo‘ldim.

Bugun kunda dunyoda o‘ta o‘tkazgich jismlarga bo‘layotgan talab nihoyatda yuqori. Xalkaro demografik vaziyat shuni ko‘rsatmoqdaki bugun dunyoda energetika sanoati shiddat bilan rivojlanib bormoqdaki,  bu esa kun sayin insoniyatning energiyaga bo‘lgan ehtiyoji oshib borishiga sabab bo‘lmoqda.  Bugungi kun talabi nuqtai nazaridan kam energiya sarflovchi va yuqori bosim ostida harakatlanuvchi texnologiyalarni ishlab chiqish va  yaratishda o‘ta o‘tkazgich jismlarga bo‘lgan talab oshib bormoqda. Men Jizzax davlat pedagogika institutida taxsil olayotgan bilimga chanqoq talabalarning yakin uch-to‘rt yil ichida fizika sohasida innovatsion yangiliklarni amaliyotga tadbiq qilib, yangi kashfiyotlar qilishiga ishonaman. Milan davlat universiteti bu yo‘lda sizlarga har jihatdan amaliy yordam berishga tayyor. Yana shuni aytishim mumkinki, hech qanday mubolag‘asiz Jizdax Davlat pedagogika institutining bakalavr, magistrlari va xodimlari uchun Milan davlat Universiteta eshiklari har doim ochik va xech kanday to‘lovlarsiz bizning universitetda tahsil olishingiz va ilmiy tadqiqotlarini amalga oshirishlaringiz  mumkin.  Buning uchun biz  barcha  kuch va imkoniyatlarimizni ishga solamiz.


Jizzax Davlat pedagogika institutining qadrli  jamoasiga mustahkam sog‘lik, ilmiy ijodiy faoliyatlariga  ravnaq tilab qolaman.

Jiunchi Djovanni- Milan davlat universiteti fahriy professori.

 


Ulashish:
1 580
Boshqa rubrikalarda mashhur

“Orol dengiziga poyezd” yoshlar ekologik aksiyasi doirasida tashkil etilgan sport musobaqalarida Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari faol ishtirok etdi.
Shaxmat bo‘yicha erkaklar va xotin-qizlar, shuningdek, shashka bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasidagi bahslarda JDPU jamoasi faxrli 1-o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.
JDPU talabalari Mo‘ynoqdagi ekologik maskanlarga tashrif buyurdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari “Orol dengiziga poyezd” yoshlar ekologik aksiyasi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida joylashgan Orol dengizi tarixi muzeyi hamda Orol kemalari yodgorligiga...
Kimyo ta’limida innovatsion yondashuvlar muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Kimyo ta’limini ilmiy tadqiqot, raqamli texnologiyalar va sanoat hamkorligi bilan uyg‘unlashtirish” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.