Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
E’lonlar
E’lonlar
|
08/02/2024
Chop etish
“Kitobxon targ‘ibotchi” tanlovi boshlandi!

G‘oliblar eng sara kitoblar bilan taqdirlanadi! Tanlovning ilk bosqichi (“Eng bilimdon kitobxon” sharti)da barcha kitobxonlar ishtirok etishi mumkin. Ishtirokchilarga 25-fevralgacha mutolaa qilishlari uchun nizom bo‘yicha tavsiya etilgan kitoblar bo‘yicha 4 kun davomida (26-29-fevral) 15 tadan test savollari beriladi.

🟥Test savollari quyidagi kitoblardan tuziladi:

🔴 Amir Temur. “Temur tuzuklari”; 🔴 Odil Yoqubov. «Ulug‘bek xazinasi» 🔴 Zahiriddin Muhammad Bobur. «Boburnoma» 🔴 Shukrullo. «Kafansiz ko‘milganlar» 🔴 Jorj Oruell. “Molxona” .

🏆Tanlov g‘oliblari keyingi bosqichda 2-ta shartda ham ushbu nizom bo‘yicha tavsiya etilgan kitoblar bo‘yicha bellashadi:

🔵“Annotatsiya mahorati” – bunda, ishtirokchilar tomonidan “Men yoqtirgan asar” nomi ostida o‘zi sevib o‘qigan asar bo‘yicha qisqacha annotatsiya beriladi;

🔵 “Kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish” sharti. Bunda ishtirokchi tomonidan kitobxonlik va mutolaa madaniyatini targ‘ib etish jarayoni ya’ni kitobxonning og‘zaki nutqi asosida amalga oshiriladi “Kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish” sharti. Bunda ishtirokchi tomonidan kitobxonlik va mutolaa madaniyatini targ‘ib etish jarayoni ya’ni kitobxonning og‘zaki nutqi asosida amalga oshiriladi.

🏆 Tanlov g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan diplom, sertifikat va eng sara kitoblar bilan taqdirlanadi:

🔖 Tanlovda ishtirok etish uchun @t.me.Targ‘ibotchi_kitobxon.jdpu telegram guruxga a’zo bo‘lishingiz va qo‘shimcha ma’lumotlar bilan quyidagi mas’ullarga murojaat qilishlaringiz mumkin. ☎️Qoshimcha malumotlar uchun telefonlar: (+99890) 516-05-91 PhD Bekzod Mirzayev; (+99891) 598-55-22 PhD, Dotsent Shohida Siddiqova; (+99894) 194-09-99 Oxun Tursunboyev; (+99891) 5982895 Sanam Isroilova

📚 Marhamat, tanlov tanlov nizomi (https://yoshlar.gov.uz/uz/news/%E2%80%9Cyosh-kitobxon%E2%80%9D-tanlovining-2021-yilgi-bosqichlarida-foydalaniladigan-adabiyotlar-ro%E2%80%98yxati/) bilan tanishing.

❗️Unutmang, har qanday muammoning yechimi kitobda!

Targ’ibotchi Kitobxon Nizomi


Ulashish:
976
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda bitiruvchi kurs talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida Paxtakor tumanida doimiy istiqomat qiluvchi bitiruvchi kurs talabalari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Default image
Jizzax davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurgan 172 nafar maktab o‘quvchilari oliygohning o‘quv va ijtimoiy infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdilar.
JDPU jamoasi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari va xodimlari Toshkent shahrida joylashgan Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif amalga oshirdi.