Axborot resurs markazi yangiliklari
Axborot resurs markazi yangiliklari
|
16/11/2018
Chop etish
Talabalik -oltin davrim

Joriy yilning 14 noyabr kuni 10.00 da Jizzax davlat pedagogika instituti axborot- resurs markazining majlislar zalida Xorijiy  tillar  fakulteti  hamkorligida «INFOLIB UZBEKISTAN» Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “17 noyabr-Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan “Talabalik -oltin davrim” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirni institut murabbiylar kengashi raisi A. Qayumov kirish so‘zi bilan ochib berdi: “Kitob qaysi janrda o‘qilmasin o‘qishli bo‘lishi kerak. Kitobning o‘qishli bo‘lishi muallifning kitobxonga aytadigan to‘la mag‘izli va juda zarur fikri bo‘lganligini ko‘rsatadi”,-deya buyuk adib Abdulla Qahhor fikrini keltirdi.

Xorijiy tillar fakultetining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari F.Usanov so‘z olib, talabalarni yaqinlashib kelayotgan  “Talabalar kuni” bilan qizg‘in tabrikladi hamda kitoblar olamining nechog‘lik insoniyat hayotida muhim rol o‘ynashini takidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng,  Amerika davlatidan tashrif buyurgan ingliz tili o‘qituvchisi V. Marsel ham  so‘zga chiqdi va kutubxonadan olgan taasurotlarini tinglovchilar bilan o‘rtoqlashdi, institut kutubxonasining nechog‘lik boy ekanini va bu yerda 100 yillik bilimlar saqlanayotgani, bu manbalardan esa o‘z vaqtida unumli foydalanish kerakligini barcha yig‘ilganlarga aytib o‘tdi.

Tadbirning asosiy badiiy qismida Xorijiy tillar fakulteti talabalari ishtirokida  qiziqarli sahna ko‘rinishlari va video roliklar yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi.

Badiiy qismdan so‘ng kutubxona xodimlari tomonidan tashkil etilgan viktorina savollari e’lon qilindi va savolning javobini to‘g‘ri topgan zukko tomoshabinlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbir yakunida tadbirda ishtirok etgan faol talabalar kutubxona ma’muriyati tomonidan  faxriy  yorliqlar bilan taqdirlandi.

Mazkur tadbirda jami 112 nafar ishtirokchi qatnashdi.


Ulashish:
2 551
Boshqa rubrikalarda mashhur

Davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor A. Jabbarova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv...
JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.
JDPU va “Unicorn International Foundation” o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda “Unicorn International Foundation” nodavlat ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi hamda xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga abituriyentlarni jalb qilish...