Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

AJABTOVUR FLAMINGO

Ikromova Yulduzoy Erkin qizi – o`qituvchi., Mamaraimova Gulinoza Mamatkarim qizi , 2 – bosqich talabasi JDPU Sistematikasi Tip. Xordalilar – Chordata Kenja tip. Umurtqalilar – Vertebrata yoki Bosh skeletlilar – Craniata Katta sinf. Toʼrt oyoqlilar – Tetrapoda Sinf. Qushlar – Aves Turkum. Flamingosimonlar – Phoenicopteriformes Vakil. Qizil qanot flamingo – Phoenicopterus roseus Qizil gʻozlar, flamingolar – qushlar turkumi. Flamingilarning ajdodlari Yer sayyoramizda, hattoki 30 million yillar oldin ham mavjud boʼlishgan. Umuman olganda Smintovsk Milliy Hayvonot bogʼining barcha tadqiqotchilari shunday deb oʼylashmoqda. Baʼzan laylaksimonlar turkumi tarkibiga kenja turkum maqomida ham kiritiladi. 6 turi maʼlum. Bu turkumning vakillari ekvatorda keng tarqalgan, MDH da qizil qanot flamingo, ya’ni qizil g‘oz (Phoenicopterus roseus) keng tarqalgan. Janubiy Gʻarbiy Yevropa, Afrika, Janubiy Gʻarbiy Osiyo, Janubiy va Markaziy Amerika hamda Shimoliy Amerikaning janubiy qismida tarqalgan. Tanasi 91 – 120 sm, balandligi 80 sm, qanoti 43–49 sm, ogʻirligi 2,5 – 4,5 kg. Tumshugʻi katta, tumshuq asosi baland bo’lib, o’rtasiga kelib pastga qayrilgan. Tumshuq qirralarida shox plastinkalari bor. Suv yoki suyuqroq balchiqdan oziq moddalarni suzib olishiga yordam beradi. Flamingolarning oyog’i va bo’yni juda uzun, tinch turgan vaqtida bo’yni lotincha «S» harfiga o’xshaydi. Barmoqlarida suzgich pardalari bo‘ladi. Patlari pushti, oq, yirik patlari esa qora. Patlarining eng och rangi – bu pushti (flamingolarda), eng yorqin rangi esa qizil (Kariblardagilarda). Tadqiqotchilarning aytishlaricha, pushti flamingo qushlarining pat ranglari och yoki toʼq boʼlishi ularning ovqatlanishiga bogʼliq ekan. Bu pushti flamingolar suv osti oʼsimliklar va karotinoid pigmentlariga boy boʼlgan krevetkalar bilan oziqlanishar ekan (1-rasm). Flamingolar parvoz qilishni bilishadi, lekin havoga koʼtarilish uchun ularga katta tezlik bilan yugurib parvozga tayyorlanishlari kerak. Parvoz paytida flamingolar uzun boʼynini va oyoqlarini bir chiziq qilib choʼzib oladilar. Yashash hududi. Oddiy qizil gʻoz Kaspiy dengizining shimoli-sharqiy qismi va Qozogʻistonning shoʻr koʻllari atrofi (odam borishi qiyin joylar) da yashaydi. MDH da flamingolar, asosan Shimoli – G’arbiy Qozog’iston ko’llarida koloniya bo’lib yashaydi. Flamingolarni ov qilish taqiqlangan. Dengiz va shoʻr koʻl qirgʻoqlariga koloniya boʻlib (baʼzan bir necha mingtasi birga) uya quradi. Konussimon, balandligi 10—60 sm li uyasini balchiq yoki qumdan yasaydi. 1–2 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumini nari va modasi navbat bilan 30–32 kun bosadi. Jo’ja ochuvchi qushlardan hisoblanadi. Polaponlari parli, ko’zlari ochiq. Polaponlari tugʼilgandan soʼng inlarida 5–12 hafta qoladilar. Polaponlari ota – onalari ularni boshlangʼich paytlarida substantsiyalar va oʼzlarining oshqozonlarining tepa qismlaridagi hazm boʼladigan moddalar bilan oziqlantirishadi. Flamingo polaponchalari kuchga kirganlaridan soʼng «yasli» deb ataladigan guruhlarda mustaqil ovqatlanishni oʼrganishni boshlashadi (2-rasm).