Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

O‘quvchilarda vatanparvarlik milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usini shakllantirishda tarixiy ilmiy asarlardan foydalanish.

JDPU dotsent R. Atamuradova roxila.atamuradova.65@inbox.ru Anotatsiya: Ushbu maqolada o‘quvchilarqalbida milliy g‘urur tuyg‘ularini ulg‘aytirish, yoshlar ongi va ko‘nglida vatanparvarlik hislarini kuchaytirish maqsadida tarixiy ilmiy asarlar bilan bir qatorda Amir Temur to‘g‘risida yaratilgan adabiy-badiiy asarlar ham muhim ahamiyatga ega Kalit so‘z: milliy g‘urur, iftixor, vatanparvarlik, ma’rifat, madaniyat, bunyodkorlik, din Har bir xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, o‘ziga xos urf-odatlari, an’analari, muqaddas qadriyatlaridan ayricha tasavvur etish mumkin emas. Ko‘hna Turon zamini nafaqat Sharq, balki butun dunyo sivilizatsiyasining beshiklaridan biri bo‘lganligini dunyo olimlari va xalqaro jamoatchilik tan olmoqda. Bu tabarruk zaminda buyuk allomalar, sarkardalar, ulkan tafakkur egalari yetishgan. Ular san’at, siyosat, astronomiya, kimyo, matematika, falsafa boshqa sohalarga oid qimmatbaho asarlar bizning buyuk ma’naviy boyligimiz hisoblanadi. Ulug‘ ajdodlarimiz esa shubhasiz xalqimiz uchun, ayniqsa, yosh avlod uchun ma’naviy yetuklik timsoli bo‘lib kelmoqdalar. Biz o‘z ota-bobolarimizdan, ular yaratgan bebaho ma’naviy boyliklardan faxrlanamiz va g‘urur hamda iftixor tuyg‘ularini his qilamiz. «Bizning o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadimiz esa bunday ulug‘ zotlarning hayot yo‘li va qoldirgan merosini to‘liq tasvirlash emas, balki ularning eng buyuk namoyondalari timsolida ma’rifat, ilmu fan, madaniyat, din kabi sohalarning barchasini o‘zida uyg‘unlashtirgan xalqimizning ma’naviy olami naqadar boy va rang-barang ekani… bunday noyob va bebaho boylikni har tomonlama chuqur o‘rganish, uning ma’no-mazmunini farzandlarimizga yetkazish masalasi… butun jamoatchilik uchun ham qarz, ham farz bo‘lishi shart… Shu o‘rinda buyuk bobolarimizning ma’naviy olami xususida fikr yuritganda, Sohibqiron Amir Temur haqida alohida to‘xtalishimiz tabiiydir. Chunki tengsiz azmu shijoat, mardlik va donishmandlik ramzi bo‘lgan bu mumtoz siymo buyuk saltanat barpo etib, davlatchilik borasida o‘zidan ham amaliy, ham nazariy meros qoldirdi, ilmu fan, madaniyat, bunyodkorlik, din va ma’naviyat rivojiga keng yo‘l ochdi…         Darhaqiqat, ulug‘ ajdodlarimiz yaratgan bebaho merosdan xalqimizni, ayniqsa, yoshlarni bahramand etish milliy ma’naviyatimizni yuksaltirishda, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni, yuksak tuyg‘ularni kamol toptirishda qudratli ma’rifiy qurol vazifasini o‘taydi. Shu ma’noda ijodkorlar tomonidan yaratilgan badiiy asarlar markazidagi tarixiy siymolarini obrazlarini o‘rganish, ularning insoniy qiyofasini anglash, amalga oshirgan ezgu ishlarining ahamiyatini idrok etish; ushbu zotlarning ulug‘ligi, buyukligini ko‘rsatuvchi fazilatlari, kurash-intilishlari, imon-e’tiqodlari mazmunini chuqur tushunish o‘quvchilarda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini shakllantiradi. Ko‘hna Turon zaminidan azal-azaldan ko‘plab zakovatli ulug‘ siymolar yetishib chiqqan. Bu yurtning Imom Buxoriy, at-Termiziy, Beruniy, ibn Sino, Amir Temur, Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Bobur singari ulug‘ farzandlari nomi tarix sahifalarida mangulikka muhrlangan. Afsuski, sho‘ro tuzumi davrida ular shaxsi bir qadar kamsitildi. ayniqsa, Amir Temur «bosqinchi», «buzg‘unchi», «talonchi», «johil» deb ta’riflashibgina qolmay «Temurlang», «Oqsoq Temur», «Cho‘loq Temur» kabi haqoratli nomlar bilan tilga olindi. Vaholanki, dunyoni mo‘g‘il bosqinchilari istilosidan saqlab qolgan, o‘z davri uchun milliy g‘oya yaratgan; parokanda va bosqinchilar zulmi ostida ezilgan Vatanini ozod va farovon qilish yo‘lida kurashgan, bobomiz shaxsini, insoniy qiyofasini har jihatdan o‘rganish; o‘quvchi yoshlarga ibrat qilish; ajdodlarimizga xos yuksak insoniy tuyg‘ular, amalga oshirga buyuk ishlari mazmun mohiyatida yurtparvarlik, millatparvarlik, yaratuvchilik g‘oyalari mujassam bo‘lganini anglatish orqali milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini o‘stirish; o‘quvchilarni ham bundkorlikka, ezgulik yaratshga, millat va yurt farovonligi yo‘lida ular kabi matonat  bilan kurashib kurashib yashashga da’vat etish ta’lim va tarbiya samaradorligini ta’minlaydi. Abadiy shuhratga erishgan ana shunday ulug‘ siymolar haqida istiqlol sharofati bilan ko‘plab ilmiy, adabiy-badiiy asarlar yaratildi. Ularda mustabidlik siyosati davrida Temur shaxsining va yurtining toptalgan tarixi to‘g‘risidagi asl haqiqatlar ma’lum qilindi. Xalqimiz qalbida milliy g‘urur tuyg‘ularini ulg‘aytirish, yoshlar ongi va ko‘nglida vatanparvarlik hislarini kuchaytirish maqsadida tarixiy ilmiy asarlar bilan bir qatorda Amir Temur to‘g‘risida yaratilgan adabiy-badiiy asarlar ham muhim ahamiyatga ega. Bulardan, Abdulla Oripovning besh pardali «Sohibqiron» dramatik dostoni va atoqli adib O.Yoqubovning «Fotihi muzaffar yoxud bir parivash qissasi» pesasi qissasi alohida ajralib turadi. Chunki ushbu asarlarda tarixiy davr murakkabliklari haqqoniy aks ettirilgan bo‘lib, Amir Temur obrazi real hayot kishisi sifatida gavdalantirilgan. Xususan, Shoir Abdulla Oripov «Sohibqiron» dramatik dostonida yuz bergan real hodisalarni tayanch manba sifatida tanlab, Amir Husayn , Yeldirim Boyazid, Bibixonim, Ulug‘bek, Xonzodabegim, Uljoy Turkon, ibn Arabshoh, Hofiz Sheroziy, ahmad Yassaviy, Ispaniya elchisi Klavixo singari tarixiy shaxslar obrazlarini ham kiritganki, ular muayyan voqealar ichida Sohibqiron qiyofasini ochishga xizmat qiladi. Dramada tarix haqiqatiga muvofiq bahs-munozaralar, muloqotlar orqali Sohibqironning adolatga sadoqati, beqiyos insonparvar, yurtparvar zot bo‘lgani jonlantirilgan. O‘tmish hodisalarini mavjud haqiqati bilan bu tarzda badiiy manzaralantirish esa ta’sirchanlikka erishishning eng samarali yo‘li sanaladi. Shu sasosda Amir Temur o‘z xatti-harakatini hamisha tahlilu taftish etadigan, «Kuch adolatda!» shioriga sodiq qolib, har ishda adolatga suyanib atrofdagilar bilan maslahatlashadigan, donishmand siftida gavdalanadi. «Biror mushkul muammoni hal etar bo‘lsam, 83 Kengash qildik ahli dinu vazirlar bilan, Kengash qildik bahodirlar, amirlar bilan».32 degan Amir Temurni Ahmad Yassaviy ruhi bilan muloqotga kirgizish orqali ilmu tafakkur qudrati har qanday jismoniy kuchdan ustun ekanligini ta’kidlashga xizmat qilgan. Tengsiz jangu jadal bilan o‘tdi hayotim, Balki qancha umrlarga zolim bo‘lganman, Oxiratda etagimdan tutmasmi ular? deganida A.Yassaviydan: «Niyat qancha jozibali bo‘lsa ham, Temur Qilich bilan murod hosil bo‘lmog‘i gumon», –degan javobni eshitgan. Hodisaga tarixiy nuqtai nazardan qaraladigan bo‘lsa, Amir Temur (1336-1404) A.Yassaviy (1166 yil vafot etgan) bilan uchrashmaganligi bu ikki buyuk siymo birbiridan butunlay olis davrda yashaganligi ma’lum. Ammo sohibqironning turkistonlik avliyoga e’tikod qo‘ygani uning qabri ustiga 1396-1397 yillarda mahobatli maqbara tiklatib, yaxshi bir obod manzilga aylantirgani esa haqiqatdir. Qolaversa, o‘z faoliyatini taftishlashga odatlangan har bir komil inson singari, umr shomi yaqinlashayotgan Amir Temur qalbida ham «… qancha umrlarga zomin bo‘lganman, oxiratda etagimdan tutmasmi ular?» – degan tashvishli o‘y kechganligi tabiiy tasvirlangan. Ulug‘ bobomizning hamisha inson o‘z-o‘zini, o‘zi amalga oshirgan ishlarni adolat tarozusida o‘lchab, haqiqatga tik qarash kerakligini umr mayog‘iga aylantirganligini anglash mumkin. Asar tahlilida o‘quvchilar e’tiborini bosh qahramon obrazining bu kabi kuchli jihatlariga qaratish maqsadga muvofiq Abadiy shuhratga erishgan ana shunday ulug‘ siymolar haqida istiqlol sharofati bilan ko‘plab ilmiy, adabiy-badiiy asarlar yaratildi. Ularda mustabidlik siyosati davrida Temur shaxsining va yurtining toptalgan tarixi to‘g‘risidagi asl haqiqatlar ma’lum qilindi. Xalqimiz qalbida milliy g‘urur tuyg‘ularini ulg‘aytirish, yoshlar ongi va ko‘nglida vatanparvarlik hislarini kuchaytirish maqsadida tarixiy ilmiy asarlar bilan bir qatorda Amir Temur to‘g‘risida yaratilgan adabiy-badiiy asarlar ham muhim ahamiyatga ega. Bulardan, Abdulla Oripovning besh pardali «Sohibqiron» dramatik dostoni va atoqli adib O.Yoqubovning «Fotihi muzaffar yoxud bir parivash qissasi» pesasi qissasi alohida ajralib turadi. Chunki ushbu asarlarda tarixiy davr murakkabliklari haqqoniy aks ettirilgan bo‘lib, Amir Temur obrazi real hayot kishisi sifatida gavdalantirilgan. Sohibqiron bobomiz amalga oshirgan ishlarining yakuni ulug‘. U ozod Turonning markazlashgan, yaxlit davlati saltanatini yaratdi. Tariqday sochilgan millat va xalqlarni birlashtirdi, Yevropa tili bilan aytganda «Renessans» deb ataladigan ulkan uyg‘onish davri madaniyati ravnaqiga asos soldi. Mamlakatini boshqarishning tartib-qoidalari «Temur tuzuklari»ni yaratdi. Bularning barchasi Temurdan qolgan ma’naviy merosdir. Shoir Abdulla Oripov Sohibqiron faoliyatining qimmatli tomonlarini shu taxlit hayotiy va ma’naviy asoslariga tayanib qahramon siymosi orqali yorqin gavdalantirib bergan. Irodali kishigina hayotda o‘zi ko‘zlagan maqsadga erisha oladi. Ijodkor o‘z asari orqali bizni irodali, dadil, mllatsevar, vatanparvar bo‘lishga chorlash bilan birga dushmanlarni ham kechira bilashday umuminsoniy tuyg‘ularni tarannum etgan. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati  
  1. Marasulova U. O‘quvchilarda adabiy-nazariy tushunchalarni shakllantirish usullari. Metodik qo‘llanma. -T.: TDPU, 2006. – 40 b
  2. Mirqosimova M. Adabiy tahlil metodikasi. -T.: O‘qituvchi, 1998. -90 6.
  3. Oripov A. Tanlangan asarlar. To‘rt jildlik. Birinchi va ikkinchi jildlar. G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. -T.: 2000. – 432 b
  4. Atamuradova R. Adabiy ta’lim jarayonida shoir abdulla oripov ijodini o‘rgatish usullari