Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

KATALIZ MAVZUSINI ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA O’QITISH

D.Muradova-JDPU kimyo va uni o’qitish metodikasi kafedrasi dotsenti M.Kamolova-PIMA tizimidagi Jizzax shaxar 1-son maktabi o’qituvchisi ozod-11-87@mail.ru, tel:97-793-43-37 Annotatsiya: Ushbu maqolada Umumiy o’rta ta’lim maktablarida kimyo fanidan “Katalitik reaksiyalar” mavzusini o’qitishda interfaol metodlar, AKT, virtual laboratoriyalar, amaliy mashg’ulotlardan samarali foydalanish haqidagi fikrlar, bir soatlik dars ishlanma va darsning samaradorligi keltirib o’tilgan. Kalit so’zlar: Ta’lim, interfaol metodlar, taqqoslash sinfi, tajriba sinfi, AKT, amaliy mashg’ulotlar, kimyoviy kinetika, kataliz, katalizator, o’zlashtirish samaradorligi. Аннотация: В данной статье обсуждается использование эффективных интерактивных методов, ИКТ, виртуальных лабораторных работ в процессе изучения химического блока на тему «Каталитические реакции». А также приведены эффективность урока и составлена часовая разработка практического занятия для урока по химии преподаваемой в средних общеобразовательных школах. Ключавые слова: Обучение, интерактивные методы, класс-сравнение, экспериментальный класс, ИКТ, практические занятия, химическая кинетика, катализ, катализатор, эффективность усвоения. Annotation: This article discusses the use of effective interactive methods, ICT, virtual laboratory work in the process of studying a chemical block on the topic «Catalytic reactions». And also the effectiveness of the lesson is given and an hour-long development of a practical lesson for a lesson in chemistry taught in secondary schools is compiled. Keywords: Education, interactive methods, comparison class, experimental class, ICT, practical training, chemical kinetics, catalysis, catalyst, mastering efficiency.   “Umumiy o‘rta va maktabdan tashqari taʼlimni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni maʼnaviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish, o‘quv-tarbiya jarayoniga taʼlimning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish” kabi vazifalar belgilab berildi[1]. Dars tahlillarini olib borish uchun Sh. Rashidov tumani XTB ga qarashli 12- maktabning XI-B sinf- tajriba sinfi  sifatida va XI-A sinf-taqqoslash sinfi sifatida tanlab olindi. Taqqoslash sinfida darslar an’anaviy tarzda va interfaol metodlar bilan, tajriba sinfida esa noan’anaviy tarzda, amaliy mashg’ulotlar va kompyuter dasturlaridan foydalangan holda tashkillashtirildi. Darslarni o’tish bilan birga har hafta nazorat testlari o’tkazib borildi va umumiy o’zlashtirish natijalari aniqlandi. Taqqoslash sinfi uchun darsda Aqliy hujum, Zinama-zina,Topqirlik bahsi, “Davom ettir”, “Bilish zavqi”, “Baliq skileti” metodlari xamda laboratoriya va amaliy metodlarga bo’g’lab olib borildi[2]. Kimyo fanini o’qitishda o’quvchilarning laboratoiya tajribalari, amaliy ishlar bajarishini amalga oshirish va virtual labratoriya ishlarini qo’llashning dolzarb  masalalaridan biri hisoblanadi. Chunki laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarni o’quvchilarning fanni o’zlashtirishi uchun samarali hisoblanadi. Shuning uchun tajriba sinfida darslar laboratoriya va amaliy mashg’ulotlar bilan bog’lab olib borildi[3]. Tajriba sinfi uchun dars ishlanma: Sinf :  XI-B Mavzu: Katalitik reaksiyalar Dars maqsadi : (Ta’limiy maqsadi) O‘quvchilar katalizator, katalitik reaksiyalar tushunchalari haqida kengroq ma’lumotlarga ega bo‘lishadi; (Tarbiyaviy maqsadi) O‘quvchilarda guruh bilan ishlash, bir-birini eshitish, bir-birini hurmat qilish ko‘nikmalari rivojlanadi; (Rivojlantiruvchi masadi) O‘quvchilarda katalitik reaksiyalarni bajarish bo‘yicha olingan bilimlarini amaliyotda (laboratoriya sharoitida) qo‘llay bilish, xavfsizlik texnikasiga e’tiborli bo‘lish ko‘nikmalari rivojlanadi. Dars tipi: Yangi mavzuni o‘rganish va mustahkamlash Dars jihozlari va reaktivlari: AKT, tarqatma savolar, probirka, kolba, pipetka, shtativ, qisqich, quruq yoqilg’i, H2O2 ning 3% li eritmasi, marganes(IV)-oksid,      (MnO2), cho’p, qand, tamaki kuli, Dars uslubi(metodi): Aqliy hujum, test yechish, laboratoriya va amaliy mashg‘ulot o‘tkazish, “Tushunchalar tahlili”, “Venn diagrammasi”, “BBB” metodi”. Doskada: Dars mavzusi, reja   Darsning borishi                                  I Tashkiliy qism
  1. salomlashuv, davomat
  2. navbatrchilik va sinf xonasining tozaligi
  3. darsga tayyorgarlik
II Amaliy mashg‘ulotga tayyorlanish 1-guruh 1-savol: Agar termometr sinib qolsa, to‘kilgan simob yig‘ishtirib olinib, to‘kilgan joyga nima sepish kerak?
  • Tuproq
  • Qum
  • Oltingugurt
  • Suv
2-savol: Konsentrlangan kislotani to‘g‘ri suyultirish tartibi berilgan rasmni belgilang.
            2-guruh 1-savol: Agar teriga ishqor eritmasi to‘kilsa birinchi nima qilish kerak?
  • Hech narsa qilish kerak emas ;
  • Terini latta bilan artish kerak;
  • Terini suv bilan yuvish kerak;
  • Qichirish kerak.
  2-savol : Quyidagi rasmda ko‘rsatilgan spirt lampasining 1-3-qismlari nomini belgilang.
  • Rasmda spirt lampasi berilmagan ;
  • Spirt solinadigan idish, metall disk;
  • Qalpoqcha, pilik;
  • O‘lchov silindiri.
III Yangi mavzu bayoni (AKT va kompyuter dasturi asosida tushuntiriladi.) Katalizatorlar yordamida kimyoviy reaksiyaning tezligini o‘zgarishi jarayoniga – kataliz deyiladi.  Reaksiyaning tezligi faqat zarrachalasrning to‘qnashish tezligiga bog‘liq emas, balki ularning faollanish (aktivlanish) enargiyasiga ham bog‘liq. Reaksiya sodir bo‘lishi uchun yetarli bo‘ladigan eng kam energiyaq miqdori – faollanish energiyasi deyiladi. Faollaninsh energiyasi qancha kichik bo‘lsa, reaksiya shuncha tez sodir bo‘ladi. Reasksiyas uchun 40 kJ/mol energiya sarflansa reaksiay juda tez sodir bo‘laldi. 40-120 kJ/mol o‘rtacha tez, undan katta bo‘lganda sekin sodir bo‘ladi. Reaksiya tezligini o‘zgartirib, o‘zi kimyoviy jihatdan o‘zgarmaydigan moddalar katalizatorlar deyiladi[4]. IV Yangi mavzuni mustahkamlash a)Amaliy mashg‘ulot 1-guruh Mavzu: H2O2 ning parchalanishi Kerakli jihozlar va reaktivlar:  Tubi yassi kolba, shpatel, cho‘p, keramik plita, quruq spirt, gugurt, H2O2 (3% li), MnO2 Ishning borish tartibi: Tubi yassi kolbaga 3-4 ml H2O2 ning 3% li eritmasidan quyiladi. Ustidan shpatel uchida MnO2 kukunidan solinadi. Kolbada H2O2 ning shiddatli parchalanish reaksiyasi ketadi. Keramik plitada quruq spitrni yoqib, unda cho‘p cho‘g‘lantiriladi va cho‘g‘lanib turgan cho‘pni kolba ichiga tushiriladi. Nazorat savollari:
  1. Cho‘g‘lantirilgan cho‘p kolba ichiga tushirilganda nima kuzatildi? Sababini tushuntiring.
  2. O‘tkazilgan bu reaksiyaning mavzu bilan bog‘liqligini tushuntiring.
2-guruh Mavzu: Qandning yonishi Kerakli jihozlar va reaktivlar:  Chinni kosacha, rafinadlangan qand, tamaki kukuni, keramik plita, quruq spirt, gugurt, pinset Ishning borish tartibi: Keramik plitaga quruq spirtni qo‘yib yoqiladi. Rafinadlangan qandni pinset yordamida alangaga tutiladi. Rafinadlangan qandni tamaki kukuniga botiriladi va qaytadan alangaga tutiladi. Nazorat savollari:
  1. Rafinadlangan qand bo‘lagi tamaki kukuniga botirilmasdan oldin va keyin nima kuzatiladi?
  2. O‘tkazilgan bu reaksiyaning mavzu bilan bog‘liqligini tushuntiring.
a)”Mozaika” o’yini bunda o’quvchilar o’qituvchi tumonidan berilgan katalitik reaksiyalarni ketma-ketligini bilgan holda terishlari kerak bo’ladi. “BBB” metodi
Bilaman Bilishni hohlayman Bilib oldim
1      
2      
 
  1. Baholarni e’lon qilish va uyga vazifa berish.
Kundalik hayotda uchraydigan katalitik reaksiyalarni o’ganib kelish. Katalitik reaksiyalar mavzusi o’tib bo’lingach, har ikki sinfda ham test sinovlari easy Quizziy-2  dasturida o’tkazildi. Testlardan na’munalar:
  1. Kataliz nima?
    1. katalizatorning muvozanatga tasir etishi
  • Katalizatorlar yordamida kimyoviy reaksiyaning tezligini o’zgarishi
  • katalizatorning muvozanatga tasir etmasligi
  1. Katalizatorlar yordamida kimyoviy reaksiyaning tezligini barqarorlashtirish
  1. Katalizator nima?
    1. Reaksiya tezligini o’zgartirib, o’zi kimyoviy jihatdan o‘zgarmaydigan
  • muvozanat qaror topishini tezlashtiruvchi modda
  • muvozanatni siljituvchi modda
  1. oraliq maxsulotlar
3.Katalizator qanday qilib reaksiya tezligini oshirtadi?  1) datlabki moddalardan birortasi bilan reaksiyaga kirishib aktiv oraliq kompleks hosil qiladi  2) Aktiv oraliq kompleks hosil qilish hisobiga reaksiyaning faollanish energiyasini pasaytiradi   3) moddalar sirtiga tasir etib sirt tarangligini pasaytiradi  4) Aktiv oraliq kompleks hosil qilish hisobiga reaksiyaning faollanish energiyasini oshiradi  A) 1,2,3,4  B) 1,3  C) 1,2  D) 1,4 5.Gomogen (a) va geterogen (b) katalizni aniqlang.
  • Nitroza usuli 2) NH3 + HCl
3) Eterifikatsiya reaksiyalarida H2SO4(kost) 4)Kantak usuli 5) Gidrogenlanish reaksiyalarida Ni yoki Pt ishlatilishi  6) Ammiak sintezida Fe ning ishlatilshi
  1. A) a-1,2,6 b-3,4,5  B) a-1,2,3 b-4,5,6
  2. C) a-1,5,6 b-2,3,4 D) a-1,3,5 b-2,4,6
1-jadval Kimyoviy kinetika. Kimyoviy reaksiya tezligi, kimyoviy muvozanat va ularga ta’sir etuvchi omillar mavzusi bo‘yicha 11a-11b –sinflari sinov natijalari
Sinflar O’quvchilar soni 1 2 3 4 5 6 7 8
XI-A sinf Taqqoslash sinfi 26 60% 60% 62% 60.5% 61% 62% 63% 63%
XI_B sinf Tajriba sinfi 30 63% 65% 68% 69% 71% 75% 75.6% 77%
O‘rtacha to‘g‘ri javoblar sonini topish uchun har bir o’quvchi bergan to‘g‘ri javoblar soni yig‘indisini o’quvchilar soniga bo‘lganimizda guruhning to‘g‘ri javoblarining o‘rtacha qiymati kelib chiqadi, bu qiymatni 100% ga ko‘paytirib, savollar soniga bo‘lsak har ikkala guruhning to‘g‘ri javoblari o‘rtacha qiymatining foiz ko‘rsatkichi aniqlanadi. 1-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, 11b va 11a o’quvchilari 20 ta sinov savollari bo‘yicha o’rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari 70% ga teng. Ushbu ko‘rsatkichlar guruhning to‘g‘ri tanlanganligini ko‘rsatadi. 2-jadval Pedagogik eksperiment natijalari
O’quv-chilar To’g’ri javoblar soni To’gri javoblar % da O’quv-chilar To’g’ri javoblar soni To’gri javoblar % da
XI-B 25 75 17 16 80
XI-A 26 80 18 12 60
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, an’anaviy va axborot texnalogiyalarini qo‘llab o‘tilgan darslardan so‘ng o‘tkazilgan sinov natijalariga ko‘ra o’quvchilarning o‘quv materialini o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari ortdi. Bundan aytish mumkinki, an’anaviy darsdan farqli ravishda turli xil metodlar asosidava amaliy mashg’ulotlar orqali dars jarayonini olib borish o‘quvchilar ongida ko‘proq qoladi va bilim olish samaradorligi oshadi. 3-jadval O’quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining ortishi
Eksprimental dars o‘tish An’anaviy dars o‘tish
To‘g‘ri javoblar soni To‘g‘ri javoblar, % To‘g‘ri javoblar soni To‘g‘ri javoblar, %
16,2 81 15 75
Jadval va diagrammadan ko‘rinib turibdiki, axborot texnalogiyalarini qo‘llab o‘tilgan dars an’anaviy darsga nisbatan ancha samarador ekan. Dars samarasi 1.5 barobargacha oshdi. Dars mashg‘ulotlarini bunday tarzda olib borish o‘quvchilarni bilim olish darajasini oshiradi, ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi. Kimyoviy bilimlarni egallashda o’qitishni modernizatsiyalagan holda, innovatsion tehnologiyalarini qo’llash bugungi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
  1. “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.09.2018 yildagi PF-5538-son farmoni
  2. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardayev A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar.-T.: 2008.
  3. Sharipov, S. R., & Muradova, D. K. (2021). KIMYO TA’LIMIDA KIMYOVIY KINETIKA VA KATALIZ NAZARIYALARINI OʼQITISHNING ILMIY METODOLOGIK ASOSLARI. Academic research in educational sciences, 2(11), 1291-1306.
  4. www.chemistry.ru