Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
08/05/2023
Chop etish
JDPUda “Xotira muqaddas-xotira sharaf” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir Harbiy orkestrning chiqishi bilan boshlandi. Shundan so‘ng ekranda tadbir munosabati bilan tayyorllangan videoroli knamoyish etildi. Inson – hayotning gultoji. Uning qadri, hurmati har doim e’zozga loyiqdir. Xalqimizga xos xislatlar haqida gapirganda, albatta, qadr-qimmat, mehr-oqibat kabi fazilatlar tilga olinadi. Xotira shunday ruhiy-ma’naviy qudratki, u insonning insonligini anglatuvchi, uni o‘tmish va istiqbol bilan bog‘lab turuvchi buyuk qadriyatdir. U olamdan o‘tgan ajdodlarni eslashgina emas, balki yillar davomida sadoqat bilan mehnat qilgan ustozlar xotirasini hurmatlash hamdir. Universitet media-markazi tomnidan tayyorlangan videolavhada ana shu ta’riflarga loyiq  universitetda ko‘p yillar faoliyat yuritgan marhum ustozlar va faxriylar hayoti namoyish etildi.

“Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug‘. O‘tganlarni, ularning xayrli ishlarini, jasoratini yodga olmoq, e’zozlamoq xalqimizga xos ezgu fazilatlardandir. Ushbu kun mustaqil O‘zbekistonda asrlar davomida kahramona, o‘lkamizni himoya kilgan, uning erkinligi, mustaqilligi va xalqining tinchligi uchun kurashgan vatandoshlar xotirasiga bag‘ishlangan. Xotira va qadrlash tushunchasi chuqur ma’noga egadir. Ushbu kunda fashizmga qarshi kurashishlarda qatnashgan, o‘z Vatanini himoya qilishda jonini fido kilgan, shuningdek To‘maris, Shiroq, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Nadjmiddin Kubro, kabi kahramonlar va asrlar davomida xalq orzu qilgan erkinlik uchun kurashgan Qodiriy, Behbudiy, Munavvar-qori, Cho‘lpon, Avloniy, Fitrat, Usmon Nosir kabi milliy kahramonlarimizni ruhini shod etib eslash ham farz ham karzdir. Insoniyat ikkinchi jahon urushida katnashgan, bu ayovsiz jangu jadalda kahramonlarcha halok bo‘lganlar xotirasini aslo unutmaydi. Bugungi tadbir ham ana shunday insonlar yana bir bor tilga olindi. Xotirlandi. Talabalarimiz tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari barchani ta’sirlantirdi deb o‘ylayman”- deydi universitet rektori Sh.Sharipov

Xabaringiz bor 9 may-Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan  universitetda xotira turnirlari o‘tkazldi. Tadbirda Universitetda uzoq yillar faoliyat olib borgan taniqli jamoat faoli, shoira Sharofat Botirova xotirasiga bag‘ishlangan sport musobaqalarida g‘olib bo‘lgan jamoalar taqdirlandi. Tadbirda marhum shioraning farzandlari ham ishtirok etib, tdbir tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

O‘ziga xos tarzda bo‘lib o‘tgan tadbirda Musiqiy madaniyat  fakulteti talaba teatr studiyasi tomonidan tayyorlangan “Xotira –muqaddas, Xotira-mangu” spektakli, harbiy vatanparvarlik chiqishlar, ikkinchi jaxon urushi aks etgan ta’sirli sahnaviy ko‘rinishlar, Vatan, onani ulug‘luvchi kuy-qo‘shiqlar tomoshabinlarda chuqur taassurot qoldirdi.

Xotirani asrash, xotirani ehtiyot qilish – bu bizning o‘zimiz va avlodlar oldidagi axloqiy burchimizdir. Xotira – bizning boyligimiz. Kechagi kun saboqlarini, xalqimiz kelajagi yo‘lida tinimsiz mehnat qilgan insonlarni xotirlash bugungi kunimizni qadrlashga o‘rgatadi. Xotira bu – tarix. U kechagi o‘tmishni, ajdodlar o‘gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi. Shu bois, inson o‘z xotira boyliklarini qadrlaydi. Jizzax davlat pedagogikau nviersitetida bo‘lib o‘tgan tadbir ana shu ezgu hoyani o‘zida mujassamlashtirgan tadbir bo‘ldi desak xato qilmagan bo‘lamiz.


Ulashish:
1 077
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida “Shanba — uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni” doirasida navbatdagi o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Madaniyat saroyida an’anaviy tarzda har shanba kuni o‘tkazib kelinayotgan uzluksiz kasbiy rivojlanishga qaratilgan o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Talabalar jazoni ijro etish muassasasi faoliyati bilan tanishdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi doirasida Jizzax davlat pedagogika universiteti...
JDPU va Sankt-Peterburg davlat universiteti o‘rtasida ta’lim va ilmiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universitetiga kuni Sankt-Peterburg davlat universiteti Rus tili test sinovlari markazining delegatsiyasi tashrif buyurdi.