Axborot resurs markazi yangiliklari
Axborot resurs markazi yangiliklari
|
06/03/2018
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika instituti Axborot-resurs markazi talabalar turar joyi tarmog‘i va “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti”bilan hamkorlikda is’tedodli shoir, dramaturg Hamid Olimjon tavalludining 107 yilligi munosabati bilan “Hamid Olimjon- baxt va shodlik kuychisi” mavzusida tadbir bo`lib o`tdi

Jizzax davlat pedagogika  instituti Axborot- resurs markazi talabalar turar joyi tarmog‘ida zabardast shoirlarimiz Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim tavalludiga bag‘ishlab “Hamid Olimjon-baxt va shodlik kuychisi” mavzusida maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti bilan hamkorlikda tadbir bo‘lib o‘tdi.   Tadbirda talabalar turar joyi talabalari hamda maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Tadbirni maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti o‘qituvchisi Shukurova H ochib berdi.U o‘z so‘zida shoir Hamid Olimjonning shaxsiy hayoti, ijodiy faoliyati, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi katta mavqei hozirgi yoshlar tomonidan zo‘r hurmat va ehtirom bilan xotirlab kelinayotganligini ta’kidladi.

Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti o‘qituvchisi Jumanazarova  Nargiza o‘z so‘zida Zulfiyaxonim she’rlari xalqimiz qalbidan chuqur joy egallaganligini,uning har bir satri hayotbaxsh kuchga ega ekanligini aytib o‘tdi. Ayniqsa “Baxtim shu-o‘zbekning Zulfiyasiman”she’ri ayollarimiz qalbiga nihoyatda yaqinligi va munisligi bilan ajralib turadi.

Shundan so‘ng tadbir dasturida asosan mushoira kechasiga navbat berildi.

Talaba qizlar tomonidan shoirlarimiz qalamiga mansub go‘zal she’rlar o‘qildi.

ARM xodimasi Usmanova  Nargiza tadbir uchun maxsus tayyorlangan adabiyotlar ko‘rgazmasini sharhlab berdi.

Tadbir ishtirokchilari: 86 ta

Tadbirga berilgan adabiyotlar:100 ta

 

ARM xodimasi                             Usmanova N


Ulashish:
1 636
Boshqa rubrikalarda mashhur

Mentorlarning ijodiy hisobotlari va mualliflik ishlari namoyish etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ta’lim sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini rivojlantirish hamda mentorlik faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida seminar-treninglar tashkil etildi.
JDPUda yurish marafoni yakuniy umumuniversitet tadbiri bilan yakunlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘quv yili boshlanganidan buyon barcha fakultet va oliy maktablarda professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirokida yurish marafonlari tashkil etib kelindi. Marafonlar davomida...
Xorijiy olim ishtirokida o‘zbek adabiyotiga bag‘ishlangan mashg‘ulot o‘tkazildi
Turkiyaning Artvin Choruh universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori Erhan Giray Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabining O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasiga tashrif...