Axborot resurs markazi yangiliklari
Axborot resurs markazi yangiliklari
|
06/03/2018
Chop etish
Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti bilan hamkorlikda JDPI Talabalar turar joyi tarmog‘ida Zulfiyaxonim tavalludining 103 yilligi munosabati bilan “Baxt va bahor kuychisi” mavzusida tadbir bo`lib o`tdi

         Tadbirni maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Isroilova F ochib berdi.U o‘z so‘zida Zulfiyaxonim butun o‘zbek ayollariga ibrat timsoli ekanligini, aqlliligi, xushfe’lligi, dono, oqilaligi bilan ayollarimizga o‘rnak bo‘la olishliklarini aytib o‘tdi. Uning dilbar she’rlardagi har bir misra Vatanga muhabbat, yorga sadoqat bilan jaranglaydi.Zulfiyaxonim she’rlarida tabiatning go‘zal manzaralari, tog‘lar va bog‘lar ko‘rki, abadiy muhabbat va sadoqat yaqqol ko‘zga tashlanadi.Jumladan uning “Xalqimga aytar so‘zlari” she’rida shunday misralar bor:

O‘zing tashna etding, o‘zing suv tutding

Qalbimdagi sahrom, daryomsan, xalqim

Seni seva-seva men boyib ketdim

Dunyo ichra topgan dunyomsan, xalqim.

          Shundan so‘ng so‘zga Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti talabasi Yadgarova  Iroda chiqdi.U ham yaqindagina shahrimizga Zulfiyaxonim va Hamid Olimjon haykallari o‘rnatilganligini, bu esa zabardast shoirlarimizga ko‘rsatilgan yuksak ehtirom belgisi ekanligini aytib o‘tdi.

Bu yerda shoirga qo‘yildi haykal

Inson zakovati, aqli, mehri-bu

Yuksak tabiatga berilgan sayqal

She’riyat qudrati, san’at sehri bu

          Tadbir yakunida talabalar tomonidan Zulfiyaxonim she’rlaridan go‘zal namunalar o‘qildi,shundan so‘ng tadbirning badiiy qismida Zulfiyaxonim obraziga kirgan talaba qiz o‘qigan monolog qalblarni larzaga soldi.

 


Ulashish:
1 840
Boshqa rubrikalarda mashhur

Mentorlarning ijodiy hisobotlari va mualliflik ishlari namoyish etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ta’lim sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini rivojlantirish hamda mentorlik faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida seminar-treninglar tashkil etildi.
JDPUda yurish marafoni yakuniy umumuniversitet tadbiri bilan yakunlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘quv yili boshlanganidan buyon barcha fakultet va oliy maktablarda professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirokida yurish marafonlari tashkil etib kelindi. Marafonlar davomida...
Xorijiy olim ishtirokida o‘zbek adabiyotiga bag‘ishlangan mashg‘ulot o‘tkazildi
Turkiyaning Artvin Choruh universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori Erhan Giray Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabining O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasiga tashrif...