Yangiliklar
Yangiliklar
|
10/09/2022
Chop etish
Yaponiyalik olim o‘zbek tilida dars o‘tadi…

Bugun  Jizzax davlat pedagogika universitetiga Ijtimoiy gumanitar fanlarda masofaviy ta’lim kafedrasi taklifiga binoan Yaponiyaning Chubu universiteti doktori Seiko Vazaki (Seiko Wazaki),  Osiyo iqtisodiy tadqiqotlar ilmiy markazi doktori Akira Ueda hamda O‘zbekiston Respublikasi FA Tarix instituti bo‘lim boshlig‘i professor  Adham Ashirovlar tashrif buyurdi. Yaponiyalik mehmonlar dastlab universitet rektori Sh.Sharipov qabulida bo‘lishdi.

Suhbat davomida universitet rektori yaponiyalik mehmonlar bilan  ilmiy tadqiqot ishlari hamda xalqaro ilmiy grantlarda hamkorlik  qilish istagi borligini bildirdi. Ikki tomonlama muloqot natijalariga ko‘ra  Chubu universiteti doktori Seiko Vazaki (Seiko Wazaki) bilan universitetning sirtqi bo‘limi tarix yo‘nalishi 3 bosqich talabalariga “Zamonaviy antropologiya” fanidan zoom dasturi orqali ma’ruza mashg‘ulotlarini  olib borishga hamda  “Ijtimoiy gumanitar fanlarda masofaviy ta’lim” kafedrasida soatbay ishlashiga kelishib olindi.

 

Rektor bilan uchrashuvdan so‘ng yaponiyalik hamkorlarimiz universitet magistrlar bo‘limida bo‘lishdi. Magistrlar bilan bo‘lagna uchrashuvda mehmonlar Zamonaviy antropologiya sohasida amalga oshirilayotgan tadqiqotlar bo‘yicha ma’ruzalar qilishdi. Savol javoblar asosida bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng mehmonlar universitetda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishish maqsadida  dars mashg‘ulotlari o‘tiladigan auditoriyalar va  laborotoriyalarda bo‘lishdi

Yaponiyalik mehmonlarning tashrifi Jizzax davlat pedagogika universiteti tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi bilan yakunlandi. O‘zbek  xalqining o‘tmishi aks etgan  muzeyda mehmonlarga xodimlar tomonidan ajdodlarimiz hayoti, erk uchun kurashi va boy merosi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.


Ulashish:
1 243
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yurish marafoni yakuniy umumuniversitet tadbiri bilan yakunlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘quv yili boshlanganidan buyon barcha fakultet va oliy maktablarda professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirokida yurish marafonlari tashkil etib kelindi. Marafonlar davomida...
Xorijiy olim ishtirokida o‘zbek adabiyotiga bag‘ishlangan mashg‘ulot o‘tkazildi
Turkiyaning Artvin Choruh universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori Erhan Giray Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabining O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasiga tashrif...
Xalqaro maktab doirasida  mahorat darslari
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti tomonidan tashkil etilgan “Dynamical Days in Jizzakh 2026” xalqaro maktabi o‘z ishini davom ettirmoqda.