E’lonlar
E’lonlar
|
27/07/2022
Chop etish
E’LON!

Tabiiy fanlar sohasidagi YUNESKO/Ekvatorial Gvineya xalqaro mukofoti 2022-yilgi tanlovini elon qiladi

Mazkur mukofotning asosiy maqsadi YUNESKO tashkilotiga a’zo-davlatlarda

alohida shaxslar, institutlar va nodavlat tashkilotlar tomonidan inson hayotini

yaxshilanishiga salmoqli hissa qo’shgan ilmiy tadqiqot loyihalari va faoliyatlarini

 

mukofotlashdan iborat. YUNESKO/Ekvatorial Gvineya xalqaro mukofoti

350,000 AQSH dollariga teng bo’lib, tanlovda muvaffaqiyatli qatnashgan uch

nomzod o‘rtasida teng taqsimlanadi va diplom hamda haykalcha bilan taqdirlanadi.

Mukofotga loyiq nomzodlar xalqaro hay’at tavsiyasi asosida YUNESKO Bosh

direktori tomonidan tanlab olinadi.

Tanlovda qatnashish uchun nomzodlar quyidagi havola

http://unesco/org/account-request  orqali onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tishi hamda

YUNESKO ishlari bo‘yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi kotibiyati bilan maslahatlashgan holda hujjatlar taqdim etilish lozim. Har bir a’zo-davlat 5 ta nomzod taklif etishi mumkin.

–  ariza varaqasi;

–  nomzodning mukofot maqsadlariga qo’shgan hissasi bo‘yicha (1000 so‘zdan

oshmagan) axborot;

–  nomzodning ilmiy-amaliy faoliyati bo‘yicha qisqacha ma’lumot.

–  nomzodning muhim o‘nta ilmiy nashrining ro‘yxati.


Ulashish:
1 020
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yurish marafoni yakuniy umumuniversitet tadbiri bilan yakunlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘quv yili boshlanganidan buyon barcha fakultet va oliy maktablarda professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirokida yurish marafonlari tashkil etib kelindi. Marafonlar davomida...
Xorijiy olim ishtirokida o‘zbek adabiyotiga bag‘ishlangan mashg‘ulot o‘tkazildi
Turkiyaning Artvin Choruh universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori Erhan Giray Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabining O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasiga tashrif...
Xalqaro maktab doirasida  mahorat darslari
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti tomonidan tashkil etilgan “Dynamical Days in Jizzakh 2026” xalqaro maktabi o‘z ishini davom ettirmoqda.