Yangiliklar
Yangiliklar
|
26/12/2017
Chop etish
Bundanda yaxshi kelgin yangi yil

Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti Tarix fakultetida    2017 yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” yakuni va 2018 yil “Faol   tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” munosabati bilan  fakultetda tahsil olayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj kam ta’minlangan oila farzandlari, ko‘zi ojiz va nogiron talabalar uchun “Bundanda yaxshi kelgin yangi yil” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo`lib o`tdi

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari F.Akchaev so‘zga chiqib, 2017 yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” yakuni va 2018 yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” munosabati bilan fakultetda tahsil olayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj kam ta’minlangan oila farzandlari, ko‘zi ojiz va nogiron talabalar uchun “Bundanda yaxshi kelgin yangi yil” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirni ochib berish uchun so‘zni tarix fakulteti dekani R.B.Yarmatovga berdi.

Fakltet dekani R.B.Yarmatov so‘zga chiqib, mamlakatimizda 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirilgan Davlat dasturi yakuni bo‘yicha ma’lumotlar berdi. Prezidentimiz tomonidan 2018 yilni “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan fakultet jamoasi oldiga qo‘yilgan ustuvor vazifalarga to‘xtaldi.

Shundan so‘ng fakultetda tahsil olayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj kam ta’minlangan oila farzandlari, ko‘zi ojiz va nogiron talabalarni kirib kelayotgan yangi 2018 yil bilan tabriklab ularga dekanat tomonidan tayyorlangan sovg‘a-salomlarni topshirdi.

 

 


Ulashish:
1 594
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yurish marafoni yakuniy umumuniversitet tadbiri bilan yakunlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘quv yili boshlanganidan buyon barcha fakultet va oliy maktablarda professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirokida yurish marafonlari tashkil etib kelindi. Marafonlar davomida...
Xorijiy olim ishtirokida o‘zbek adabiyotiga bag‘ishlangan mashg‘ulot o‘tkazildi
Turkiyaning Artvin Choruh universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori Erhan Giray Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabining O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasiga tashrif...
Xalqaro maktab doirasida  mahorat darslari
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti tomonidan tashkil etilgan “Dynamical Days in Jizzakh 2026” xalqaro maktabi o‘z ishini davom ettirmoqda.