Yangiliklar
Yangiliklar
|
17/06/2022
Chop etish
Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi Bosh konsuli Jizzaxga keldi.

Bugun Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi Bosh konsuli Xasenov Kanat Abdыkarimovich  boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Jizzax viloyatiga keldi. Tashrif davomida bosh konsul K. Xasenov Jizzaxdagi OTM lari rektorlari bilan ham  uchrashdi. Jizzax davlat pedagogika instituti rektori Sharipov Shavkat Safarovich bilan uchrashuv chog‘ida Qozog‘iston respublikasinig O‘zbekistondagi bosh konsuli K. Xasenov  JDPI  Qozog‘iston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik aloqalari bilan qiziqdi. Shuningdek suhbat chog‘ida  Qozog‘iston Respublikasidan kelib JDPI da taxsil olayotgan talabalar xususida ularga yaratilgan sharoilar haqida ham so‘z bordi. Samimiy suhbat so‘ngida tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash uchun qilinayotgan harakatlar albatta ijobiy samarasini ko‘rsatishini ta’kidlab o‘tishdi.


Ulashish:
995
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yurish marafoni yakuniy umumuniversitet tadbiri bilan yakunlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘quv yili boshlanganidan buyon barcha fakultet va oliy maktablarda professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirokida yurish marafonlari tashkil etib kelindi. Marafonlar davomida...
Xorijiy olim ishtirokida o‘zbek adabiyotiga bag‘ishlangan mashg‘ulot o‘tkazildi
Turkiyaning Artvin Choruh universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori Erhan Giray Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabining O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasiga tashrif...
Xalqaro maktab doirasida  mahorat darslari
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti tomonidan tashkil etilgan “Dynamical Days in Jizzakh 2026” xalqaro maktabi o‘z ishini davom ettirmoqda.