Yangiliklar
Yangiliklar
|
29/04/2022
Chop etish
Institutda  “50 yillikka shahdam qadamlar bilan” mavzusidagi madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Faxriy professorlar X.A.To‘raqulov va U.A.Jumanazarovlarning ilmiy-pedagogik faoliyatiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan madaniy-ma’rifiy tadbirni institutning Boshlang‘ich ta’lim fakulteti tomonidan tashkillashtirdi. Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor, dotsent S.Nazarqosimov ochib berdi. U o‘z so‘zida ustozlarning faoliyati, oliygohda ustoz-shogird an’analari va ushbu a’nanalarda tadbir sababchilarining mehnatlari yuksak ekanligini, faxriy olimlarning ilmga qo‘shgan ulkan hissalarini alohida  e’tirof etdi. Sahna to‘rida savlat to‘kib o‘tirgan ustozlar sha’niga aytilgan tilaklar, niyatlar va e’tiroflar Professor X.A.To‘raqulov va professor U.A.Jumanazarovlarning  bolalik va talabalik yillari haqidagi suhbatga ulanib ketdi. Tadbir davomida Ustozlarning hayot yo‘llari, Jizzax davlat pedagogika institutidagi faoliyatiga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi.  Ustozlarning kamtarin mehnatlarini ulug‘lash, ularga hurmat ko‘rsatish ma’nosida tashkillashtirilgan tadbir Professor X.A.To‘raqulov va professor U.A.Jumanazarovlarning  ilmiy va pedagogik faoliyati mavzusida savol-javob shaklidagi ochiq muloqot bilan davom etdi. Tadbirga  Boshlang‘ich ta’lim fakulteti tomonidan tashkil etilgan badiiy konsert dasturi yasadi.

 

 


Ulashish:
993
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yurish marafoni yakuniy umumuniversitet tadbiri bilan yakunlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘quv yili boshlanganidan buyon barcha fakultet va oliy maktablarda professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirokida yurish marafonlari tashkil etib kelindi. Marafonlar davomida...
Xorijiy olim ishtirokida o‘zbek adabiyotiga bag‘ishlangan mashg‘ulot o‘tkazildi
Turkiyaning Artvin Choruh universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori Erhan Giray Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabining O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasiga tashrif...
Xalqaro maktab doirasida  mahorat darslari
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti tomonidan tashkil etilgan “Dynamical Days in Jizzakh 2026” xalqaro maktabi o‘z ishini davom ettirmoqda.