Yangiliklar
Yangiliklar
|
19/11/2021
Chop etish
TALABANING ILK MAHORAT DARSI MAKTAB-INTERNATDA TASHKIL ETILDI

✅ O’zbek tili va adabiyoti fakulteti 3-bosqich talabasi Ismoil Haydarov 3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni oldidan «Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha besh muhim tashabbus» doirasida  18-noyabr kuni Jizzax viloyati Ko’zi ojiz va zaif ko’ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bo’lib,  «Adabiyot saboqlari» turkumidan mahorat darsini o’tdi.

✅ I. Haydarovning birinchi marta tashkil qilgan  mazkur mahorat darsiga internatning 12-sinfi o’quvchilari qatnashdilar.

«Jahon adabiyotida Jek London va uning «Hayotga muhabbat» hikoyasi mavzusida  o’tkazilgan mahorat darsida trening-savollar orqali bir asar tahlili amalga oshirildi.

✅ «Hayotga muhabbat» hikoyasi badiiy g’oyasi va maqsadini ochish uchun  B. Shouning «Hayotdan yaxshiroq narsa bu hayotdir»  degan hikmatli iborasi munozara uchun qo’yildi. O’quvchilar hikoya voqealari asosida ushbu keys vaziyatni yechishga muvaffaq bo’ldilar.

✅ Mahorat darsini kuzatish uchun maktab-internat ilmiy bo’lim mudiri M. Shokirova, internat Uslub birlashma raisi G. Raimova, internat psixologi  S. Turopova hamda O’zbek adabiyotini o’qitish metodikasi kafedrasi katta o’qituvchisi D. Salimova tashrif buyurdilar.

✅ Mahorat darsi maktab-internat pedagog jamoasi va o’quvchilarda ijobiy tassurot qoldirdi.  Maktab-internat ilmiy bo’lim mudiri dars yakunida ko’zi ojiz va zaif bolalar ko’ngliga ozgina bo’lsa-da, yo’l topa olgan talaba Ismoil Haydarovga, ushbu darsni tashkil etishda ko’makdosh bo’lgan Dilnavoz Salimovaga hamda suratkash Zavqiddin Islomovga internat jamoasi nomidan  minnatdorchilik bildirdi. Qolaversa, oliy ta’lim bilan maktab-internat o’rtasidagi hamkorlik uchun O’zbek adabiyoti o’qitish metodikasi kafedrasi mudiri Sh. Doniyarovaga ham tashakkur izhor qildi. Shundan so’ng

mahorat darsi  esdalik uchun fotolavhalarga muhrlandi.

 

✅f.f.d(PhD) D. Salimova, O’zbek adabiyotini o’qitish metodikasi kafedrasi katta o’qituvchisi.


Ulashish:
1 234
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yurish marafoni yakuniy umumuniversitet tadbiri bilan yakunlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘quv yili boshlanganidan buyon barcha fakultet va oliy maktablarda professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirokida yurish marafonlari tashkil etib kelindi. Marafonlar davomida...
Xorijiy olim ishtirokida o‘zbek adabiyotiga bag‘ishlangan mashg‘ulot o‘tkazildi
Turkiyaning Artvin Choruh universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori Erhan Giray Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabining O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasiga tashrif...
Xalqaro maktab doirasida  mahorat darslari
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti tomonidan tashkil etilgan “Dynamical Days in Jizzakh 2026” xalqaro maktabi o‘z ishini davom ettirmoqda.