Uncategorized
Uncategorized
|
30/09/2021
Chop etish
Shaxrimiz va yurtimizning barcha hududlarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar diqqatiga!

DIQQAT ELON !!!

Shaxrimiz va yurtimizning barcha hududlarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar diqqatiga! Jizzax davlat pedagogika institutining Jizzax shahri Zargarlik mahallasi Sh.Rashidov shox koʻchasida joylashga bosh binosi xududida 2 ta, Sh.Rashidov tumani Kuyovboshi MFY hamda Fayzobod MFY joylash oʻquv binolari hududlarida 2 ta DXSH (Davlat xususiy sherikligi) asosida jami 4 ta TTJ (Talabalar turar joylari)ni qurish
rejalashtirilmoqda. Xurmatli tadbirkorlar! Sizni Jizzax davlat pedagogika instituti hududlarida DXSH asosida talabalar turar joylari binolarini qurish va foydalanish boʻyicha hamkorlikga chorlaymiz.
DXSH asosida TTJ binolarini qurish va ekspuatatsiya qilishning asosiy shartlarining qisqacha maʻzmuni (toʻliq qismi Vazirlar Maxkamasining 2021-yil 9 sentabrdagi 563-sonli qarorida):
a) talabalar turar joylarini barpo etish loyihalarini tadbirkorlik subyektining oʻz mablagʻlari hisobidan erkin kelishiladigan shartlar asosida moliyalashtirish. Bunda:
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim amal qiladigan muddat davomida davlat sherigi tomonidan xususiy sherikka talabalar turar joylaridan erkin foydalanilishi uchun toʻlov toʻlanadi;
davlat sherigi ushbu toʻlovni talabalardan har oy yashash uchun yigʻiladigan toʻlovlarni chegirgan holda Davlat byudjetidan ajratiladigan subsidiya hisobidan amalga oshiradi;
talabalar turar joyini saqlash va ekspluatatsiya qilish bilan bogʻliq barcha xarajatlar xususiy sherik hisobidan qoplanadi;
b) talabalar turar joylarini barpo etish loyihalarini tadbirkorlik subyekti va Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan aralash moliyalashtirish. Bunda:
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim tadbirkorlik subyekti bilan kamida 200 oʻrinli talabalar turar joyini barpo etish uchun tuziladi;
xususiy sherikka talabalar turar joyini qurish uchun loyiha boʻyicha bitta yotoq oʻrni hisobida talab etiladigan mablagʻning 50 foizi, biroq, tegishli yilda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida qurilayotgan talabalar turar joyi loyihasi boʻyicha bir oʻringa toʻgʻri keladigan oʻrtacha qiymatning 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda Davlat byudjetidan subsidiya ajratiladi;
talabalar turar joyida yashash uchun undiriladigan toʻlovlar davlat sherigi bilan kelishilgan narxlarda xususiy sherik tomonidan yigʻiladi;
talabalar turar joylarini saqlash va ekspluatatsiya qilish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizi Davlat byudjetidan, biroq davlat oliy taʼlim muassasalarining tegishli quvvatdagi talabalar turar joylarini saqlash uchun sarflanadigan mablagʻlar hajmidan koʻp boʻlmagan miqdorda subsidiya ajratish orqali qoplab boriladi;
v) talabalar turar joylarini barpo etish loyihalarini tadbirkorlik subyektining toʻliq oʻz mablagʻlari hisobidan belgilangan shartlar asosida moliyalashtirish. Bunda:
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim tadbirkorlik subyekti bilan kamida 400 oʻrinli talabalar turar joyini barpo etish sharti bilan tuziladi;
talabalar turar joyi jami quvvatining kamida yarmi talabalar uchun davlat sherigi bilan kelishilgan narxlarda yotoq oʻrinlari sifatida foydalaniladi va qolgan qismida ushbu turar joylarning bir oylik toʻlov miqdori xususiy sherik tomonidan erkin belgilanadi;
davlat sherigi bilan kelishilgan narxlarda talabalar turar joyida yashagan har bir talaba uchun bitimda belgilangan muddat davomida bir yil uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida Davlat byudjetidan subsidiya ajratiladi


Ulashish:
1 141
Boshqa rubrikalarda mashhur

Davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor A. Jabbarova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv...
JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.
JDPU va “Unicorn International Foundation” o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda “Unicorn International Foundation” nodavlat ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi hamda xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga abituriyentlarni jalb qilish...