Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

“BIR ZIYOLI BIR MAHALLAGA MA’NAVIY HOMIY” SHIORI DOIRASIDA TASHKIL ETILGAN INGLIZ TILI KURSLARI

Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or uslublarini joriy etish yo‘li bilan, o‘sib kelayotgan yosh avlodni chet tillarga o‘qitish, shu tillarda erkin so‘zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda buning negizida, ularning jahon sivilizatsiyasi yutuqlari hamda dunyo axborot resurslaridan keng ko‘lamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirishlari uchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish chet tillarni o‘rganish va o‘qitish tizimida muhim ahamiyat kasb etadi. Uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichida amalga oshirilayotgan yangilanishlar jarayonida chet tillari, xususan, ingliz tilini yoshlarimizga puxta o‘rgatishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2021 yil 19 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada dasturilamal vazifasini o‘taydi. Ushbu qarorga muvofiq, xorijiy tillarni o‘rgatishni ta’lim siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda ta’lim sifatini tubdan oshirish, sohaga malakali pedagoglarni jalb etish hamda aholining xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzurida Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi tashkil etildi. Agentlikning asosiy vazifalari etib, aholi orasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish va ularni mukammal o‘zlashtirish uchun zarur sharoitlar yaratish, xorijiy tillarni o‘qitishning xalqaro tan olingan dastur va darsliklari ta’limning barcha bosqichlarida joriy etilishini muvofiqlashtirish hamda o‘qituvchilarda zamonaviy o‘qitish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda hududlar, tarmoqlar va ta’lim muassasalarining xorijiy tillarni o‘zlashtirgan mutaxassislarga ehtiyojlarini tahlil qilish natijalari asosida talab yuqori bo‘lgan xorijiy tillarni o‘qitishni tashkillashtirish va boshqalar belgilandi. Chet tillarni o‘qitishni ommalashtirish borasida Jizzax davlat pedagogika instituti ham mahallalar va maktablar bilan hamkorlikda “Bir ziyoli bir mahallaga ma’naviy homiy” shiori doirasida institutga biriktirilgan mahallalarda istiqomat qiluvchi “ayollar daftari”, “temir daftari”, “yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlariga ingliz tilidan bepul o‘qitish bo‘yicha kurslar tashkil etdi. Mana shunday bepul ingliz tili o‘quv kurslaridan biri Institut rektorining 2021 yil 4 maydagi № 227-U buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Chet tillar fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Zomin tumanidagi “Guliston” MFY dagi № 30 – sonli maktabda tashkil etildi. Ushbu MFY dan Ingliz tili kurslariga jami 29 ta o‘quvchi biriktirilgan bo‘lib, fakultet mutaxassislari bu o‘quvchilarning kelgusida Oliy ta’limga qamrovini oshirish maqsadida mahorat darslarini tashkil etishdi. Jabborova Anora Chet tillar fakulteti dotsenti v.b.