Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

«Mohir qo’llar va dizaynerlik” to’garagi ko’rgazmasi tashkil qilindi.

Jizzax davlat pedagogika institutida Boshlang’ich ta’lim fakulteti Boshlang’ich ta’lim metodikasi qoshidagi “Mohir qo’llar va dizaynerlik” to’garagi ishtirokchilari o’z ko’rgazmasini tashkil qildi. To’garak rahbari Dilnoza Kulboyeva  tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur ko’rgazmada talabalar tomonidan yasalgan qo’l mehnati mahsuli- milliy qo’g’ichoqlar, milliy taqinchoqlar, uy maketlari, gullar va boshqalar namoyish etilyapti. Talabalar qo‘l mehnati evaziga yasalgan ushbu ko‘rgazma mahsulotlari hohlovchilar tomonidan sotib olinmoqda.  Ko‘rgazmaga qo‘yilgan qo‘l mehnati evaziga bunyod bo‘lgan mahsulotlardan tushgan mablag‘ Navro‘z ayyomi arafasida muhtojlarga xayriya qilinadi.