Yangiliklar
Yangiliklar
|
10/03/2021
Chop etish
Ikki kunlik halqaro seminar o‘z ishini yakunladi.

Fransiyaning INSHEA instituti va Jizzax davlat pedagogika instituti Xorijiy tillar fakulteti Ijtimioiy fanlarda chet tillar kafedrasi hamkorligida “Maktabgacha yoshdagi imkoniyati chegaralangan bolalar uchun inklyuziv yo‘nalish” mavzusida  ikki kunlik halqaro seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Ushbu seminar trening tashkilotchilari  Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi, JDPI Xorijiy tillar fakulteti Ijtimoiy fanlarda chet tillar kafedrasi o‘qituvchilari bo‘libsemrnar-treningga shu kafedra dotsenti T. Kavilova boshchilik qildi.

Ikki kunlik seminar-treningni o‘tkazishdan asosiy maqsad, ta’lim muassasalarida maktabgacha yoshdagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun inklyuziv ta’lim berish tamoyillarini shakllantirish va pedagoglarga ushbu ta’lim turi bo‘yicha o‘qitish yo‘nalishlari haqida tushuncha berishdir.

Seminar-treningda  JDPI professor –o‘qituvchilari hamda magistrantlar ishtirok etishdi.

 

 


Ulashish:
865
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yurish marafoni yakuniy umumuniversitet tadbiri bilan yakunlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘quv yili boshlanganidan buyon barcha fakultet va oliy maktablarda professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirokida yurish marafonlari tashkil etib kelindi. Marafonlar davomida...
Xorijiy olim ishtirokida o‘zbek adabiyotiga bag‘ishlangan mashg‘ulot o‘tkazildi
Turkiyaning Artvin Choruh universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori Erhan Giray Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabining O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasiga tashrif...
Xalqaro maktab doirasida  mahorat darslari
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti tomonidan tashkil etilgan “Dynamical Days in Jizzakh 2026” xalqaro maktabi o‘z ishini davom ettirmoqda.