JDPI yana xorijiy OTM bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.
Jizzax davlat pedagogika instituti qisqa vaqt ichida bir necha xorijiy OTM lar bilan mustahkam aloqalarni yo‘lga qo‘ydi. Navbatdagi uchrashuv Rossiyaning nufuzli oliygohlaridan biri Novosibirsk davlat universiteti qoshidagi Gumanitar institut bilan bo‘lib o‘tdi. Zuev Andrey Sergeevich boshchiligidagi bo‘lajak hamkorlar hamda JDPI vakillari uchrashuvni oliygohlari haqidagi qisqa tanishtiruv bilan boshlashdi. Muzokara davomida asosan tarix fanini o‘qitish metodikasi, arxeologiya va muzeyshunoslik yo‘nalishlari bo‘yicha professor o‘qituvchilar, talabalar almashinuvi haqida so‘z bordi. Suhbat so‘ngida Rossiyalik hamkasblar aniq reja asosida ishlash taklifini bildirish bilan bir qatorda memorandumlar imzolagunga qadar ham Jizzax davlat pedagogika instituti talabalariga bepul onlayn ma’ruzalarda bemalol ishtirok etishlari uchun sharoit yaratib berishlarini va’da berishdi.
“ Aloqalarimiz mustahkamlanib safimiz yana bittaga ko‘payishidan mamnunmiz, Novosibirsk Universiteti vakillari sanab o‘tgan halqaro hamkorlari qatorida bizning Jizzax davlat instituti ham bo‘lishini shuningdek biz bilan ham mustaxkam va ishonchli aloqalar o‘rnatilishiga umid qilamiz”,- deydi instiut rektori Sh. Sharipov uchrashuv so‘ngida.