“Milliy tiklanishdan – Milliy yuksalish sari” g‘oyasi ostida Jizzax viloyatining ijodkor yoshlari hamda shoirlari bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 23-24 fevral kunlari Jizzax viloyatiga tashrif buyurgan ishchi guruh a’zolari dastavval shaharmarkazida qad rostlagan Sh.Rashidov va Xamid Olimjon haykallari poyiga gulchambar qo‘yib hurmat bajo keltirishdi.
Shundan so‘ng, Jizzax davlat pedagogika institutining Madaniyat saroyida “Milliy tiklanishdan – Milliy yuksalish sari” g‘oyasi ostida Jizzax viloyatining ijodkor yoshlari hamda shoirlari bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari D.Kenjaev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari M.Hodjimatov, Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamenti R.Tursunov, “Ma’naviyat targ‘ibotchisi” ta’lim muassasi direktori Sh.To‘raev, Xalqaro islom akademiyasi bo‘lim boshlig‘i M.Qaxxorova, Toshkent davlat pedagogika unversiteti professori B.Eshquvvatov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari N.Xolbo‘taev, Toshkent davlat yuridik unversiteti professori E.Qodirov, Mahalla va oilani instituti ilmiy xodimi X.Norqulovlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Uchrashuvda Jizzax davlat pedagogika instituti talabalari, Yozuvchilar uyushmasi a’zolari hamda Zulfiya va Xamid Olimjon nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari tomonidan taniqli shoir va shioralarning she’rlarini o‘qish bilan bir qatorda sahna ko‘rinishlari ham namoyish etildi.
Tadbir so‘ngida, Jizzax davlat pedagogika instituti rektori Shavkat Sharipov hamda institut Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Sarvar Nazarqosimov, ishtirokchi o‘quvchi yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari D.Kenjaev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari M.Hodjimatov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari N. Xolbo‘taevlar badiiy kitoblar sovg‘a qilishdi.