Jizzax davlat pedagogika universitetida «1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni» hamda «Keksalar haftaligi» munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida an’anaviy sport musobaqalariga start berildi.
Tadbirning ochilish marosimida universitet rektori, professor Maksudjan Yuldashev ishtirok etib, ishtirokchilarga omad va zafarlar tiladi.











Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan ushbu bellashuvlarda keksa yoshdagi professor-o‘qituvchilar — 55 yoshdan oshgan erkaklar hamda 50 yoshdan oshgan ayol xodimlar ishtirok etmoqda. Musobaqalar sportning shaxmat-shashka, stol tennisi, mini-futbol va voleybol turlari bo‘yicha o‘tkazilmoqda.
