E’lonlar
E’lonlar
|
04/09/2026
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universiteti tegishli pedagogika oliy maktablariga boshqaruv xodimlar uchun tanlov e’lon qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-73-son Farmoni hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 5-avgustdagi 273-son buyrug‘iga asosan Jizzax davlat pedagogika universiteti tegishli pedagogika oliy maktablariga boshqaruv xodimlar uchun tanlov e’lon qiladi

Tanlov quyidagi boshqaruv xodimlari uchun tashkil etiladi:

1. Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi (1 nafar dekan va 2 nafar dekan o‘rinbosari).

2. Tabiiy fanlar pedagogika oliy maktabi (1 nafar dekan va 2 nafar dekan o‘rinbosari).

3. Ijtimoiy fanlar pedagogika oliy maktabi (1 nafar dekan va 2 nafar dekan o‘rinbosari).

4. Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabi (1 nafar dekan va 2 nafar dekan o‘rinbosari).

5. Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim pedagogika oliy maktabi (1 nafar dekan va 2 nafar dekan o‘rinbosari).

6. Amaliy fanlar pedagogika oliy maktabi (1 nafar dekan va 2 nafar dekan o‘rinbosari).

Nomzodlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:

ma’lumotnoma (telefon raqam ko‘rsatilgan holda);

ilmiy darajaga egaligini tasdiqlovchi hujjat (shu jumladan, fan nomzodi,

tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (PhD)

darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga);

ilmiy unvongа egaligini tasdiqlovchi hujjat (mavjud bo‘lgan taqdirda);

ishtirokchining ilmiy ishlari va ixtirolari (mavjud bo‘lgan taqdirda);

tegishli diplomlar, attestatlar nusxalari va ilmiy ishlar ro‘yxati;

til bilish darajasini tasdiqlovchi hujjat;

malaka oshirish to‘g‘risidagi guvohnoma (mavjud bo‘lgan taqdirda).

Tanlovga hujjatlar 2026-yil 25-sentabrga qadar qabul qilinadi

Hujjatlar onlayn tarzda info@jdpu.uz elektron pochtasi orqali hamda bevosita Universitet bosh binosi 404-xonada qabul qilinadi.

Manzil: Jizzax shahri Sh.Rashidov shoh ko‘chasi 4-uy, JDPUning bosh binosi 4-qavat 404-xona

Telefon: (72) 226-59-94.  +99899 238 07 10


Ulashish:
373
Boshqa rubrikalarda mashhur

“Mening raqamli huquqlarim” mavzusida ochiq muloqot
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalarning raqamli muhitdagi huquq va majburiyatlari, internetdan xavfsiz va mas’uliyatli foydalanish bo‘yicha huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida “Mening raqamli huquqlarim” mavzusida ochiq...
“O‘zbekiston yoshlar nigohida” rasmlar tanlovi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” shiori ostida “O‘zbekiston yoshlar nigohida” rasmlar tanlovi o‘tkazildi.
«Dynamical Days Jizzakh 2026»:mahorat darslari davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida «Dynamical Days Jizzakh 2026» xalqaro yozgi maktabi doirasida dinamik sistemalar, ergodik nazariya va matematik fizikaning zamonaviy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan ma’ruza va amaliy...