Yangiliklar
Yangiliklar
|
16/06/2017
Chop etish
2017-2018 o‘quv yili uchun qabul jarayoni boshlandi

2017 yil 15 iyun kuni respublikamizning barcha oliy ta’lim muassasalarida, jumladan Jizzax davlat pedagogika institutida ham  2017/2018 o‘quv yili uchun qabul komissiyalari ish boshladi.

Abituriyentlarning o‘qishga qabul qilish haqidagi arizalari oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan 15 iyundan 15 iyulgacha, Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, 2017 yil 5 may kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev «2017/2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida»gi qarorga imzo chekdi.

Qarorga ko‘ra, 2017/2018 o‘quv yili uchun:

– bakalavr ta’lim yo‘nalishiga Jizzax davlat pedagogika institutida 1820 nafar talaba, shularning 495 nafari davlat grantida va 1325 nafari to‘lov-kontrakt bo‘yicha;

– magistraturaga 24 nafar talaba, shundan 8  nafari davlat granti, 16 nafari esa to‘lov-kontrakt asosida;

Abituriyentlar qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak bo‘ladi:

– Oliy o‘quv yurti rektori nomiga o‘qitishning yo‘nalishi, tili va shakli ko‘rsatib o‘tilgan, o‘z qo‘li bilan yozib imzolangan ariza;

– o‘rta ma’lumot yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi haqidagi hujjatning asl nusxasi (baholar ilova varaqasi bilan birgalikda);

– 086/U shaklidagi tibbiy ma’lumotnoma;

– pasport nusxasi; (agar abituriyent 16 yoshga to‘lmagan bo‘lsa, ichki ishlar organlaridan №9 shakldagi ma’lumotnoma taqdim etadi);

– 3,5×4,5 sm shakldagi 6 dona fotosurat;

— xalqaro va respublika fan olimpiadalari, tanlovlar va musobqalarning g‘oliblari uchun ularga tanlovdan tashqari qatnashish huquqini beruvchi hujjatning asl nusxasi;

– muddatli harbiy xizmat o‘tgan abituriyentning harbiy qismidan o‘qish uchun tavsiyanomasi.

Test sinovlaridan uch kun avval abituriyentga guruh raqami ko‘rsatilgan ruxsatnoma beriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlariga yagona kirish imtihonlari 1 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.


Ulashish:
3 442
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yurish marafoni yakuniy umumuniversitet tadbiri bilan yakunlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘quv yili boshlanganidan buyon barcha fakultet va oliy maktablarda professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirokida yurish marafonlari tashkil etib kelindi. Marafonlar davomida...
Xorijiy olim ishtirokida o‘zbek adabiyotiga bag‘ishlangan mashg‘ulot o‘tkazildi
Turkiyaning Artvin Choruh universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori Erhan Giray Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabining O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasiga tashrif...
Xalqaro maktab doirasida  mahorat darslari
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti tomonidan tashkil etilgan “Dynamical Days in Jizzakh 2026” xalqaro maktabi o‘z ishini davom ettirmoqda.