Yangiliklar
Yangiliklar
|
19/05/2023
Chop etish
“Zamonaviy ijtimoiy psixologiya: anʼanalar va istiqbollar” I – xalqaro ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti  Pedagogika psixologiya fakultetining “Umumiy psixologiya” kafedrasi tomonidan tashkillashtirilgan anjumanda 5 ta xorijiy davlatdan hamda yurtimizdaga ko‘zga ko‘ringan oliygohlardan olimlar talaba yoshlar ishtirok etishdi. Taʼkidlash joiz mavzu doirasida shu vaqtga qadar bunday anjumanlar tashkil etilmagan. Anjumanni Jizzax davlat pedagogika universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori G‘. Qodirov ochib berdi. U o‘z so‘zida bugungi kunda maktab taʼlimidan tortib oliy taʼlimgacha bo‘lgan tizimda faoliyat olib borayotgan psixologlarning yutuq va kamchiliklari, sohani yanada rivojlantirish uchun nimalarga eʼtibor qilish lozimligi, aynan bugungi ilmiy-amaliy konferensiya ham ana shu dolzarb masalaga qaratilganiga urg‘u berdi.

Anjumanda Oilada sog‘lom psixologik muhitni yaratishda oila barqarorligini taʼminlashning ijtimoiy-psixologik masalalari.Jamiyatda xotin-qizlar va erkaklarga nisbatan zo‘ravonlik hamda tazyiqning ijtimoiy-psixologik jihatlari.Psixologiya sohasida ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan kadrlar tayyorlashning integrativ mexanizmlarini takomillashtirish shart-sharoitlari. Ijtimoiy psixologiyada shaxslararo munosabatlarning zamonaviy tendesiyalari. Ijtimoiy psixologiyada psixologik xizmat ko‘rsatish: yutuq va muammolar mavzularida maʼruzalar qilindi. Konferensiyaga taklif etilgan olimlar talabalar va professor-o‘qituvchilar bilan fikr almashishdi.

Kunning ikkinchi yarmida konferensiya o‘z ishini sho‘balarga bo‘lingan holda davom ettirdi. Anjumanda psixologiya fanlari doktori, professor  G‘.Shoumarov ishtirok etdi.


Ulashish:
3 115
Boshqa rubrikalarda mashhur

Rektor texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlari bilan uchrashdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Maksudjon Yuldashev universitetning Texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlari bilan uchrashib, ularning kundalik faoliyati, mavjud vazifalar hamda universitet hududida amalga...
“Mustaqillik kubogi”: sport musobaqalariga start berildi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”...
Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha savollarga ovozli chatda javob berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetining ovozli chatida xorijiy OTMlar bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul jarayoniga oid muhim masalalar yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.