Yangiliklar
Yangiliklar
|
16/05/2023
Chop etish
“Yoshlar tarbiyasida ota-ona va universitet hamkorligining ahamiyati” mavzusidagi ota-onalar uchrashuvi o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti boshlang‘ich ta’lim fakulteti tomonidan “Yoshlar tarbiyasida ota-ona va universitet hamkorligining ahamiyati” mavzusidagi ota-onalar, ustozlar va talabalar uchrashuvi o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda fakultet ota-onalar kengashi vakillari, professor-o‘qituvchilar, universitet profilaktika inspektorlari, xotin-qizlar maslahat kengashi maslahatchilari, universitet psixologi bilan birgalikda sifatli ta’lim uchun olib borilayotgan ishlar, kelgusidagi rejalar muhokama qilindi. Talaba-yoshlarning davomati, o‘quv faoliyati, darsdan tashqari bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri tashkil qilish, ishga joylashish jarayoni, kredit-modul tizimida o‘qitishni tashkil qilish kabi mavzularda fakultet rahbariyati va ota-onalar o‘rtasida ochiq muloqot o‘tkazildi. Ota-onalar tomonidan berilgan savollar javoblar berildi. Tadbir doirasida ota-onalarni universitetda yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirilib, talabalarning qo‘l mehnati asosida yasalgan qo‘g‘irchoqlar ko‘rgazmasi ham tashkil qilindi.


Ulashish:
1 056
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.