Yangiliklar
Yangiliklar
|
18/03/2021
Chop etish
XALQARO LOYIHA TAQDIMOTI.

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda 2021yil 18 Mart kuni Change Academy loyihasi ishtirokchi universitetlarining taqdimoti o`tkazildi. Jizzax davlat pedagogika instituti Chet tillar fakulteti o‘qituvchilari Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda Buyuk Britaniyaning Advance HE Change Academy tomonidan e’lon qilingan “Higher Education for Employability” tanlovi doirasida  «Developing Graduates Practice-based Skills» (OTM Bitiruvchilarining amaliy ko’nikmalarini shakllantirish) nomli loyihasi bilan ishtirok etdi.

Ushbu dasturda O‘zbekistondagi 9 ta OTMlar ishtirokchi sifatida o‘z loyihalarini taqdim etishdi. Ushbu dastur orqali loyiha asoschilari uzoq muddatli hamkorlik qilishni, haqiqiy o‘zgarishlarni keltirib chiqarishni va talabalarga, ayniqsa, bitiruvchi talabalarga yordam berishni, ularning malakasini, bilimini oshirishni va global ish bozorida rivojlanish va o‘sish salohiyatini oshirishni maqsad qilib olishgan.

 

Loyiha taqdimoti va a`zolari haqidagi ma`lumot bilan loyiha a`zolari tomonidan tayyorlangan Padlet Wall linki orqali tanishishingiz mumkin. https://padlet.com/jabbarovaanora86/kurl1usg12kyvohc


Ulashish:
941
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazish jarayoni va uning joriy holati muhokama qilindi.
Jizzax shahridagi 22 ta umumta’lim maktabi hamda «Best School» xususiy maktabida Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazish jarayoni tashkil etildi.
Sejong universiteti bilan hamkorlik bo‘yicha muzokaralar davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Janubiy Koreyaning Sejong universiteti vakillari bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.