Yangiliklar
Yangiliklar
|
24/03/2021
Chop etish
Xalqaro hamkorlik aloqalari yana bittaga ko‘paydi.

Xabaringiz bor Jizzax davlat pedagogika instituti o‘tgan 2020 yildan boshlab xorijiy tajribani o‘rganish masalasi bo‘yicha Osiyo va Yevropa mamlakatlari faoliyatini o‘rgana boshladi. Xususan oliygoh ayni kungacha juda ko‘plab  xorijiy OTM lar bilan mustahkam aloqlarni o‘rnatishga erishdi. M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Rus tili va adabiyoti  fakulteti bilan tuzilgan shartnoma navbatdagi muvaffaqiyatli kelishuv desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz.

Onlayn muloqot avvalida dastlab tomonlar tanishuvi bilan boshlandi.M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat Universitetining Rus tili va adabiyoti fakulteti dekani Andrey Lipgerd  fakultet faoliyati, talabalarga yaratilgan sharoitlar haqida so‘z yuritdi. Shuningdek bu hamkorlikdan juda mamnun ekanligi kelishuv shartnomasida ko‘rsatilgan barcha bandlar ularga ma’qul ekanligini,  bildirib o‘tdi.

O‘z navbatida Jizzax jdavlat pedagogika instituti rektori professor Sh.Sharipov yurtimizda rus tiliga bo‘lgan e’tibor xususida gapirdi. Shuningdek o‘tgan 2020 yilda oliygohda Rus tili v aadabiyoti fakulteti ochilganligini bugungi kunda 800 nafardan ziyod talaba ushbu fakultetda tahsil olayotganligini ta’kidlab o‘tdi.

Shu kunning o‘zidayoq Jizzax davlat pedagogika instituti rektori Sh.S.Sharipov va MDU rus tili va adabiyoti  fakulteti dekani A.Lipgerd o‘zaro hamkorlik haqidagi Memorandumni imzoladilar. Ta’kidlash joiz Jizzax davlat pedagogika instituti yaqin kunlarda boshqa davlatlar, jumladan Koreya Respublikasi, Turkiya va Germaniya tajribasini o‘rganish va ular bilan ham memorandumlar tuzish  ham  ko‘zda tutilmoqda. Bu haqda batafsil  xabar Jizzax dalat pedagogika institutining   jdpu.uz  rasmiy saytda beriladi. Bizni kuzatishda davom eting .

 


Ulashish:
948
Boshqa rubrikalarda mashhur

Mentorlarning ijodiy hisobotlari va mualliflik ishlari namoyish etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ta’lim sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini rivojlantirish hamda mentorlik faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida seminar-treninglar tashkil etildi.
JDPUda yurish marafoni yakuniy umumuniversitet tadbiri bilan yakunlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘quv yili boshlanganidan buyon barcha fakultet va oliy maktablarda professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirokida yurish marafonlari tashkil etib kelindi. Marafonlar davomida...
Xorijiy olim ishtirokida o‘zbek adabiyotiga bag‘ishlangan mashg‘ulot o‘tkazildi
Turkiyaning Artvin Choruh universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori Erhan Giray Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabining O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasiga tashrif...