Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
|
02/05/2019
Chop etish
Zulxumor Solieva asari asosida sahnalashtirilgan “Xorijlik kelin” yoxud “Buxorocha to‘y qilaman” komediyasi namoyishi bo`lib o`tmoqda

2019 yil 1-may kuni Yu.Rajabiy nomidagi viloyat musiqali drama teatrida Buxoro viloyati musiqali drama teatri ijodiy jamoasi Zulxumor Solieva asari asosida sahnalashtirilgan “Xorijlik kelin” yoxud “Buxorocha to‘y qilaman” komediyasini JDPI talabalari e’tiboriga havola qildi.

         Hayotiy voqealar asosida sahnalashtirilgan mazkur asar tomoshabinlarda katta ta’surot qoldirdi. Spektaklda namoyish etilgan Asolat bibi, Ergash aka, Hojar opa, Gulshan, Shamsiddin aka, Halima opa va Nuriddin rollaridagi aktyorlarning chiqishlari tomoshabinlarning olqishlariga sazovar bo‘ldi. Namoyish etilgan komediyada hayotiy voqea-hodisalar, oilaviy marosimlarda duch kelishimiz mumkin bo‘lgan kamchiliklar va yutuqlar o‘z aksini topgan.

Mazkur spektakl namoyishida tarix fakultetidan 50 nafardan ortiq talabalar hamda prof-o‘qituvchilar  ishtirok etdi.

  Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari:                 F.Akchaev

 


Ulashish:
1 121
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.