Ommaviy tadbirlar
Ommaviy tadbirlar
|
31/05/2019
Chop etish
ZAKOVAT INTELLEKTUAL O`YINI

ZAKOVAT INTELLEKTUAL O`YINI O`TKAZILDI

Geografiya o`qitish metodikasi kafedrasi tashabbusi bilan geografiy o`qitish metodikasi yo`nalishi talabalari o`rtasida  «Zakovat» intellektual o’yini 2019-yil 24-may  kuni JDPI madaniyat saroyida o’tkazildi. Tadbirda fakultet dekani t.f.n. U.Xudanov, YBIB dekan muovini A.Saparov, kafedra mudiri g.f.n. O.L.Muxamedov, barcha kafedra professor o`qituvchilari hamda talabalari ishtirok etishdi. Intellektual o’yinda 4 ta kurs talabalari tomonidan tuzilgan jamoalar ishtirok etishdi. O’yin tashkilotchisi tomonidan tayyorlangan savollar ishtirokchilarda yaxshi taassurot qoldirdi va o’yinning yuqori saviyada o’tishini ta’minladi. Shuningdek Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbusi bo’yicha yo`nalishimizning barcha talabalari va professor o’qituvchilari tomonidan turli tadbirlar, targ’ibot tashviqot ishlari olib borilmoqda.  Tadbirda yo`nalishimiz talabalari muhim tashabbuslarning 1-tashabbus vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida 230-17 va 232-17 guruhning talaba qizlari chiroyli raqslarga tushishdi.    231-17 guruh talabasi esa “Vatan” haqidagi chiroyli sherini barchaga havola etdi. Tadbir yakunida 4 kurs jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritdi va eng yaxshi sovg’a hisoblangan kitob hamda I darajali diplom bilan taqdirlandi. Barcha bilimdon talabalar kitoblar va fahriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

                                                             Tabiiy fanlar fakulteti xotin-qizlar

 boshlang`ich tashkiloti raisi:                                 M.M. Kayumova


Ulashish:
2 582
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.