Yangiliklar
Yangiliklar
|
23/04/2023
Chop etish
YANGILANAYOTGAN O‘ZBEKISTON KONSTITUTSIYASIDA INSON HUQUQLARIGA OID NORMALAR 3 BARAVARDAN ORTIQQA OSHMOQDA.

Yangilanayotgan davlatimiz konstitutsiyasi loyihasida inson huquq va erkinliklarini ta’minlash davlatning oily maqsadi etib belgilanmoqda. Jumladan, 7-modda davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab va qonuniy vakolatga ega organlar tomonidan amalga oshirilishi yanada mustahkamlanmoqda. 20-moddada esa “davlat inson va uning manfaatlari uchun xizmat qiladi” prinsipi o‘z aksini topmoqda. Ya’ni, inson va davlat o‘rtasidagi munosabatlar bo‘yicha qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etililishi yangi norma sifatida kiritilmoqda.

Shuningdek 19-moddada respublikada insonning huquq va erkinliklari xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalariga binoan hamda ushbu konstitutsiyaga muvofiq e’tirof etilishi va kafolatlanishi qayd etilmoqda. Bu bevosita O‘zbekistonda inson huquqlarini to‘la ro‘yobga chiqarilishi konstitutsiyaviy qonun bilan mustahkamlanganini ko‘rsatadi.


Ulashish:
762
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...