Yangiliklar
Yangiliklar
|
21/04/2023
Chop etish
YANGILANAYOTGAN O‘ZBEKISTON KONSTITUTSIYASI BARCHAMIZNIKI!

Yangilanayotgan davlatimiz konstitutsiyasida “O‘zbekiston-ijtimoiy davlat”- deb, belgilanmoqda. Unda inson huquqlariga ustuvorlik berilib, uning farovon hayot kechirishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilishi nazarda tutilmoqda.Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining 47-moddasida  “Har kim uy-joyli bo‘lish huquqiga ega”-deb, bayon qilingan. Bu huquqning berilishi har bir fuqaro, ayniqsa yosh oilalarning o‘z xonadoniga ega bo‘lishi, ijtimoiy barqarorlik va hayotdan rozilik darajasini oshirishga xizmat qiladi. 48-moddada esa “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy yordamning kafolatgan hajmini qonunda belgilangan tartibda davlat hisobidan olishga haqli”-deyilgan. Bu huquq davlatimizda aholi salomatligini asrashga katta yordam beradi. Bugungi kunda bu borada mamlakatimizda bir qancha me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Bu onalar va bolalar o‘limi, yuqumli kasalliklar tahdidinin bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Ulashish:
734
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...