Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
|
23/11/2019
Chop etish
Xorijlik professorlar Jizzax davlat  pedagogika  institutida

Xorijlik professorlar Jizzax davlat  pedagogika  institutida.

Bugun yurtimizdagi ko‘pgina oliy ta’lim muassasalari  jaxonning yetakchi  o‘quv yurtlari bilan  yaqin hamkorlik o‘rnatish, xorijiy professor-o‘qituvchilarni o‘quv jarayoniga jalb etish borasida  bir qator maqtovga arzigulik  ishlarni  amalga oshirmoqda. Jizzax davlat pedagogika instituti ham bu ezgu ishni davom ettirgan holda  joriy yilda  Rossiya, Fransiya , Chexiya kabi davlatlarning ko‘zga ko‘ringan, nufuzli oliygohlari  bilan  shartnomalarni imzolashdi.

Jizzax davlat pedagogika instituti
Jizzax davlat pedagogika instituti
Jizzax davlat pedagogika instituti
Jizzax davlat pedagogika instituti

Ta’lim sifatini oshirish, yangiliklarni joriy qilish, tajriba almashish maqsadida tashkil etilgan bu kabi ishlar o‘z samarasini berishi tabiiy. 23-noyabr  Jizzax davlat pedagogika instituti  Axborot resurs markazi faollar zalida  Chexiya davlati Poloskiy nomidagi universitet  hamda Moskva davlat pedagogika universiteti professorlari  Nikes Jozyiev, Nadejda Guseva ishtirokidagi mashg‘ulot darslari fikrimizga isbot bo‘la oladi. Fizika– matematika fakulteti o‘qituvchi va talabalari ishtirokida bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotlar “Noevklid geometriyalariga kirish” hamda “Geometriya asoslari “ mavzusi muhokamasiga bag‘ishlandi.

                                 Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati


Ulashish:
1 720
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.
JDPU va “Unicorn International Foundation” o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda “Unicorn International Foundation” nodavlat ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi hamda xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga abituriyentlarni jalb qilish...
Jizzaxda test sinovlarining ikkinchi kuni davom etmoqda
Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida imtihonlar ikki smenada tashkil etilmoqda. Kun davomida 1 500 ga yaqin abituriyent test sinovlarida ishtirok...