Yangiliklar
Yangiliklar
|
29/11/2023
Chop etish
“Xorijiy tillarni o‘qitish va amaliy tilshunoslik-(FLTAL)” mavzusida 13 xalqaro konferensiya

Jizzax davlat pedagogika universiteti mezbonligida “XORIJIY TILLARNI O`QITISH VA AMALIY TILSHUNOSLIK – (FLTAL)” mavzusida 13-xalqaro konferensiya 2023 yil 29-30 Noyabr kunlari bo`lib o`tishi rejalashtirtilgan. Bugun xalqaro konferensiyaning rasmiy ochilish marosimi universitet Majlislar zalida bo`lib o`tdi. Xorijiy va respublikadagi 20 dan ortiq universitet hamkorligida 70 dan ortiq kuchli mutaxassis olimlar o`z taqdimoti bilan ishtirok etmoqdalar.


Konferensiyani Silk Road Research Academy va FLTAL konferensiyasi asoschisi, professor Azamat Akbarov ochib berdi. U o‘z nutqida ushbu konferensiyaning xorijiy tillarni o`qitishdagi ahamiyati va amaliy tilshunoslik masalalariga alohida to`xtalib o‘tdi.

 


Kirish qismini Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Sh.S.Sharipov davom ettirdi. Sh.S.Sharipov o`z nutqida Xorijiy tillarni o‘qitishni rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchi yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganish bo‘yicha ko‘nikma va malakalarini oshirish, xorijiy tillarni qiyosiy o‘rganish, xorijdagi ilg‘or mamlakatlarning innovatsion pedagogik tajribalaridan foydalanish va shu asosida xorijiy tilni o‘qitishning metodikasini yaratish kabi ustuvor vazifalar xususida to‘xtaldi.

Bugun kun davomida xorijlik va respublika universitetlari mutaxassislari tomonidan plenarniy ma`ruzalar bo`lib o`tishi rejalashtirilgan. 30 Noyabr kuni Konferensiyaning 2 kuni davomida ma`ruzalar sho`balarda turli sessiyalarda davom etadi.


Ulashish:
974
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.