Yangiliklar
Yangiliklar
|
24/08/2023
Chop etish
Universitet rektori ijara uylarda bo‘ldi.

2023-2024 o‘quv yilining boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Bunday kezlarda talaba uchun birinchi navbatda turar joy muammosi paydo bo‘ladi. Aksariyat talabalar universitet talabalar turar joyiga joylashsa, ayrimlari qarindoshlarining uyida qo‘nim topishadi. Yana bir qism talabalar esa ijara uylarga joylasha boshlaydi.  Ayrim ota-onalar arzon ijara topganidan mamnun bo‘lib sharoiti yo‘q xonadonlarga ijaraga qo‘yishga majbur bo‘lishadi. Oqibati esa ularni qiziqtirmaydi.

Aynan ana shu muammolarni oldini olish, ijara izlab sarson bo‘layotgan ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Sh.Sharipov tashabbusi bilan universitet hududiga yaqin mahallalardan ijara uylarni topish, xonadon egalari bilan yaqindan tanishib ijarada turuvchi talabalarga dars tayyorlashlari, yotib dam olishlari uchun yetarlicha sharoit yaratish ko‘zda tutilgan.

Ayni paytda universitet rektori boshchiligidagi mas’ullar talabalar uchun tayyorlangan bir nechta ijara uylarda bo‘lib, xonadan egalari bilan suhbatlashishdi. Ijara uylarni sharoitlari bilan tanishish davomida universitet rektori tomonidan mas’ullarga kamchilik va muammolar joyida o‘rganilib ularni tezlik bilan bartaraf etish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Ma’lumot uchun universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori rahbarligida 391 ta ijara xonadon aniqlanib, unda 2360 nafar talabalar istiqomat qilish imkoniyati o‘rganib chiqildi.


Ulashish:
1 110
Boshqa rubrikalarda mashhur

“Rahbarlik faoliyati va mahorati” seminar-mashg‘ulotlarining navbatdagi uchrashuvlari o‘tkazildi
Bugun Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori hamda Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabining O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi hamda Jismoniy tarbiya va sport fakulteti jamoalari bilan...
“Rahbar faoliyati va mahorati” mavzusidagi seminar-trening mashg‘ulotlari davom etmoqda. Uchinchi kun.
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027 o‘quv yiliga tayyorgarlik va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan seminar-treningning navbatdagi mashg‘ulotlarida Filologiya oliy maktabi Rus va ingliz tili yo‘nalishlari, Amaliy...
JDPUda «Rahbar faoliyati va mahorati» seminar-treninglari davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 18–21-avgust kunlari o‘tkazilayotgan «Rahbar faoliyati va mahorati» mavzusidagi seminar-treninglar doirasidagi bugungi uchrashuvlar kun davomida Tabiiy fanlar oliy maktabi, Ijtimoiy fanlar oliy...