Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
18/09/2025
Chop etish
Universitet rektori doktorantlar bilan uchrashdi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida bugungi kunda 170 nafar doktorant faoliyat olib bormoqda.

Ularning ilmiy izlanishlari, yaratilgan sharoitlardan foydalanish samaradorligi hamda dolzarb muammolar yuzasidan universitet rektori Maqsudjon Yuldashev ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvni ochib bergan rektor Maqsudjon Yuldashev o‘z nutqida:

“Bugungi kunda universitet ilmiy salohiyati atigi 34 foizni tashkil etmoqda. Afsuski, bu ko‘rsatkich quvonarli emas. Yaratilayotgan imkoniyatlarga qaramay, o‘tgan yili doktorantura bitiruvchilaridan atigi ikki kishi ilmiy ishini himoya qildi. Bu esa biz kutgan natija emas. Doktorantlarga bildirilgan ishonch oqlanmayapti”, – deya ta’kidladi.

Rektor o‘z so‘zida mas’uliyat va javobgarlikni chuqur his etishga chaqirib, quyidagilarga alohida urg‘u berdi:

  • Hozirda 3-kursda 21 nafar doktorant tahsil olmoqda, biroq shulardan atigi 8 nafari kafedra seminaridan o‘tgan.

  • Ko‘pchilik doktorantlar “olma pishib og‘zimga tush” qabilida faoliyat yuritmoqda.

  • Natija ijobiy bo‘lishi uchun tashabbuskorlik, faol izlanish va mas’uliyatni oshirish zarur.

“Muammoni birgalikda aniqlab, unga yechim topishimiz kerak. Aks holda, yana o‘tgan yilgi natijalar bilan ortda qolamiz”, – dedi universitet rahbari.

Uchrashuv davomida doktorantlarning savol va takliflari tinglandi. Jumladan:

  • onlayn xorijiy til kurslarini ochish,

  • xorijiy stajirovkalarda o‘qituvchilar qatori doktorantlarni ham ishtirok ettirish,

  • rag‘batlantirish tizimini kuchaytirish,

  • doktorantlarga bevosita ko‘mak beruvchi professorlar guruhini tashkil etish kabi takliflar qo‘llab-quvvatlandi.

Tadbir yakunida rektor Maqsudjon Yuldashev ushbu uchrashuvni “tanishtiruv va muloqotning debochasi” sifatida baholab, shunday dedi: “Universitetimizda doktorantlarni qiynaydigan muammo bo‘lmasligi kerak. Sizlarga yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalaning. Bugundan boshlab barchangiz men uchun shogirdsiz”.


Ulashish:
1 695
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda “Talabalar ligasi” g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Talabalar ligasi” sport musobaqalari respublika bosqichi g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
JDPUda ijtimoiy profilaktika va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan o‘quv-seminar o‘tkazildi
Tadbirda hamkor tashkilotlar vakillari, universitet profilaktika inspektori, “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari, tyutorlar, psixologlar hamda Ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.
JDPU professor-o‘qituvchilari Malayziyada malaka oshirib qaytdi
Jzzax davlat pedagogika universitetining 22 nafar professor-o‘qituvchilari Malayziyaning Utara universitetida 11–25-may kunlari tashkil etilgan xalqaro malaka oshirish kurslarida ishtirok etib, zamonaviy pedagogik yondashuvlar bo‘yicha o‘z...