Yangiliklar
Yangiliklar
|
19/11/2023
Chop etish
Universitet professor-o‘qituvchilari M.Avezov nomidag janubiy Qozog‘iston universitetida bo‘lishdi.

Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida “Akademik mobillik” grantlari va stajirovkalari dasturini amalga oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 iyundagi PQ-289-son “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorlarning ijrosini ta’minlash maqsadida Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari: prof. G.Jumanazarova, dotsentlar. G.Xolboyeva, G.Quttibekova, S.Do‘stova, F.Rahmatova, Sh.Atamurodov, katta o‘qituvchi N.Abdukarimovlar  joriy yilning 15-18 noyabr kunlari Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetida xizmat safarida bo‘lishdi.

universitetning ko‘p yillar davomida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishayotgani, Qozog‘iston oliy va oliy o‘quv yurtidan keyingi talim tizimida o‘zining munosib o‘rnini egallab borayotganini etirof etish joiz. Janubiy Qozog‘iston universiteti o‘rtasida so‘nggi yillarda qizg‘in va samarali hamkorlik rishtalari hamda do‘stlik aloqalari mustahkam qaror topib borayotganini alohida ta’kidlash lozim.

Xizmat safari davomida professor-o‘qituvchilar o‘tkazib kelishdi. ma’ruza mashg‘ulotlari, amaliy seminar–trening va vebinar, mahorat darslari qizg‘in bahs munozara, savol-javoblar bilan o‘tdi.

Bundan tashqari professor-o‘qituvchilar 18-noyabr kuni bu yil o‘zining  80 yilligini nishonlayotgan Janubiy Qozog‘iston universitetida yubiley doirasida tashkil qilingan “Talim, fan va innovatsiyalar” xalqaro forumi, “Sanoat texnologiyalari va injiniringi” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi va boshqa qator tadbirlarda mehmon sifatida ishtirok etishdi.


Ulashish:
1 280
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.