Yangiliklar
Yangiliklar
|
08/08/2023
Chop etish
Texnikumlarni imtiyozli bitiruvchilari OTMga suhbat asosida qabul qilinadi.

JDPUda texnikumlarni imtiyozli bitirgan bitiruvchilar ishtirokida konsultatsiyalar bo‘lib o‘tmoqda.

2022-yil 11-yanvardagi Hukumat qarori bilan “Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlangan edi.

Unga ko‘ra, texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarisiz, yakka tartibdagi suhbat orqali oliy taʼlim muassasalarining 2-bosqichidan o‘qishini davom ettirish uchun qabul qilinadi.

Bunda texnikumni muvaffaqiyatli tamomlaganlar toifasiga texnikumdagi butun o‘qish davrida o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari “5” (aʼlo) va “4” (yaxshi), biroq o‘zlashtirish baholarining kamida 50 foizi (tibbiyot oliy taʼlim muassasalari uchun kamida 85 foizi) “5” (aʼlo) bo‘lgan bitiruvchilar kiradi.

OTMga suhbat orqali qabul qilish tartibi texnikumni tamomlagan yildan boshlab ikki yil mobaynida tatbiq etiladi. Jizzax davlat pedagogika universitetida bo‘lib o‘tgan suhbatdan oldingi konsultatsiyalarda ana shunday maʼlumotlar berildi. Konsultatsiyaga kelgan texnikum bitiruvchilari mavzu doirasida savollarni berishdi. Konsultatsiya davomida professor-o‘qituvchilar Bitiruvchilarni o‘z sohasiga mos bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi Suhbat komissiya aʼzolari xususida to‘liq maʼlumotlar berib o‘tishdi.


Ulashish:
1 678
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.