Ilmiy ommaviy maqolalar
Ilmiy ommaviy maqolalar
|
13/03/2023
Chop etish
TA’LIM TIZIMIDA MA’NAVIY BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHNING PEDAGOGIK MUAMMOLARI

Alqorov Qodir Xolmatovich.
Jizzax Davlat pedagogika unversiteti, Texnologik ta’lim va tasviriy san’at fanlari kafedrasi katta o’qituvchilari

Tarbiyaviy maqsadni belgilash bosqichida tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishga mas’ul ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash (o‘qituvchi, tarbiyachi, sinf rahbari)ning vazifasi ta’lim muassasasi jamoasi imkoniyatlarini yagona g‘oyaga yo‘naltirish, mavjud pedagogik shart-sharoitlardan unumli foydalanish chora-tadbirlarini belgilash, tarbiyalanuvchilarning muayyan ta’sir tizimini qabul qilishga tayyorgarlik darajasiga tashxis qo‘yishdan iboratdir.
XXI asrda tarbiyaning idealistik, pragmatik, realistik, antropotsentristik, erkin tarbiya, gumanistik va texnokratik modellariga amal qilinmoqda. Mazkur tizimni amalga oshirishda ushbu modellarning ijobiy jihatlari milliy tarbiya xususiyatlari bilan uyg‘unlashtiriladi.
Jamiyat taraqqiyotining mavjud bosqichida ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash va malakali mutaxassisni tarbiyalashdan iborat ijtimoiy buyurtmani to‘laqonli bajarish uzluksiz tarbiya tizimi mazmunida quyidagi asosiy yo‘nalishlarning aks etishini taqozo qilmoqda:
o Ma’naviy-ahloqiy tarbiya.
o Aqliy tarbiya.
o Vatanparvarlik tarbiyasi.
o Ijtimoiy-g‘oyaviy (mafkuraviy) tarbiya.
o Iqtisodiy tarbiya.
o Huquqiy (fuqarolik) tarbiya(si).
o Jismoniy tarbiya.
o Gigienik tarbiya.
o Ekologik tarbiya.
o Mehnat tarbiyasi.
o Baynalmilal tarbiya.
o Jinsiy tarbiya.
o Kasbiy tarbiya.
o Badiiy-estetik tarbiya.
o Oila tarbiyasi.
Ijtimoiy munosabatlar mazmunining tobora murakkab xususiyat kasb etayotganligi, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyasiga ta’sir etuvchi omillarning miqdor jihatdan ortib borishi, shuningdek, muayyan hududda tashkil etilayotgan tarbiya jarayoniga salbiy, buzg‘unchi g‘oyalarni singdirishga bo‘lgan urinishlar hamda ularning oldini olish quyidagilarni ham mustaqil yo‘nalishlar sifatida e’tirof etish maqsadga muvofiqligini ko‘rsatmoqda:
Milliy g‘urur tarbiyasi.
Tarixiy tafakkur tarbiyasi.
Jamoaviylik tarbiyasi.
Diniy bag‘rikenglik tarbiyasi.
Ijtimoiy, iqtisodiy hamda madaniy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar talablaridan kelib chiqqan holda yo‘nalishlarning soni ortib boradi. O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida yoshlar tarbiyasini tashkil etishga doir respublika hukumatining qarorlari, mazkur jarayonga mas’ul bo‘lgan tegishli vazirlik hamda idoralarning me’yoriy hujjatlari asosida tarbiya samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan davlat dasturlari ham ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilindi.
Ma’lum ma’naviy-ahloqiy fazilat, sifatning ma’naviy barkamol avlodning tarbiyalanganlik darajasi muayyan mezonlar asosida baholanadi.


Ulashish:
779
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.