Yangiliklar
Yangiliklar
|
21/09/2026
Chop etish
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda fakultet dekanlari, dekanlarning yoshlar bilan ishlash va o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari, Xotin-qizlar maslahat kengashi a’zolari hamda tyutorlar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda talabalar haqidagi ma’lumotlarni yagona elektron bazada shakllantirish, ularning ta’lim jarayoni, ijtimoiy faolligi, individual ehtiyojlari va mavjud muammolarini muntazam o‘rganish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, muammoli vaziyatlarni erta aniqlash va talabalarga manzilli ko‘mak ko‘rsatish mexanizmlarini kuchaytirish yuzasidan takliflar bildirildi. Tadbirga universitet rektori Maksudjan Yuldashev raislik qildi

Muhokamalar yakunida talabalar bilan individual ishlashni kuchaytirish, ma’lumotlar bazasini sifatli shakllantirish va aniqlangan muammolarni manzilli hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.

Mazkur yondashuv talabalarning ehtiyoj va muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularga individual yondashuvni kuchaytirish hamda universitetda yoshlar bilan ishlashning yagona, tizimli va natijador mexanizmlarini shakllantirishga xizmat qiladi.


Ulashish:
759
Boshqa rubrikalarda mashhur

StartupBlink rahbari JDPUga tashrif buyurdi
Jizzax davlat pedagogika universitetiga StartupBlink asoschisi va bosh ijrochi direktori Eli David Rokah tashrif buyurdi. Mehmon universitet rahbariyati vakillari hamrohligida oliygoh hududi va faoliyati bilan...
“Savodxon tashkilot-savodlli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant o‘tkazildi
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori...
JDPU: TIBBIYOT FAKULTETI BITIRUVCHILARI ISH BERUVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Jizzax davlat pedagogika universitetida 16-oktabr kuni Tibbiyot fakulteti bitiruvchilari, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv va seminar tashkil etildi.